Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-jadval 2017-2019 yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining


Download 2.1 Mb.
bet10/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

2.1-jadval
2017-2019 yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
davlat budjeti daromadlaridagi salmog‘i14

Ko’rsatkichlar

2017 yil

2018 yil

2019 yil

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

mlrd.so’m

jami nis-n, %da

Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz - jami

44469,6

100

62229,5

100

102627,6

100

To’g’ri soliqlar

10674,2

24,0

12805,4

20,6

29125,5

28,4

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

1291,1

2,9

2510,9

4,0

15980

15,6

Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining budjet daromadlaridagi salmog‘i kamayish tendentsiyasiga ega. Ya‘ni, uning salmog‘i yillar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, 2017 yilda mos ravishda 2,9 foizni, 2018 yilda 4,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 15,6 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.


Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarini yildan-yilga pasayib borayotganligi bilan izohlanadi. Daromadning ko‘p qismi korxonalar ixtiyorida qolishi ularning investitsion faolligini oshiradi, yangi ishchi o‘rinlar ochish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish hamda ish va xizmatlar ko‘rsatish uchun yanada keng moliyaviy imkoniyat yaratadi.
2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq bazasi. Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (294-modda) deb e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajaradi.
Foyda solig’ining ob’ekti quyidagilardir:
Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i (295-modda) bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ushbu bo‘lim maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — Soliq Kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
3) norezident uchun — Soliq Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — Soliq Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Foyda solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi uchun qo‘yidagi shartlarga javob berishi kerak:

  • ruxsat etilgan faoliyatdan foyda olishi (qonunchilik bilan ta‘qiqlangan faoliyatdan tashqari);

  • o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lishi;

  • mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo‘lishi;

  • bankda hisob raqamiga ega bo‘lishi;

  • identifikatsion raqamga ega bo‘lishi.

  • mahalliy hokimiyat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi.

Umumiy tartib bo‘yicha yuridik shaxslar qayd etilgan shartlarga javob bersagina foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar.
Soliq Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini ushbu bo‘limda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchi ushbu bo‘limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi, agar Soliq Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko‘rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini Soliq Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining Soliq Kodeksning VII bo‘limi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham o‘z ichiga oladi.
Soliq bazasiga ushbu bo‘limda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Soliq to‘lovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) Soliq Kodeksning VI bo‘limida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq to‘lovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari ko‘payishiga olib kelsa, soliq bazasi Soliq Kodeksning VI bo‘limiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling