Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Download 2.1 Mb.
bet111/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. 2019 yil 1 yanvar holatiga mol-mulk solig‘i to‘lovchi korxonada asosiy vositalar bo‘lmagan. 13 yanvarda korxona 580000 so‘mga kompyuter, 25 martda esa 220000 so‘mga printer sotib olgan.
Talab qilinadi:
1. 2019 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Korxona mol-mulkining o‘rtacha qoldiq qiymati 80 000 000 so‘mni tashkil etadi, bundan:
- me‘yoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 20 000 000 so‘m;
- 25 000 000 so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.
Joriy davr uchun umumiy tushum 25 300 000 so‘m, bundan 5 400 000 so‘mligi korxona o‘z mahsulotini erkin valyutaga eksportga sotgan.
Talab qilinadi:
1. Hisobot davrida korxona qancha mol-mulk solig‘ini to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Korxona asosiy vositalarining 31 yanvar holati buyicha qiymati 800 000 so’mni tashkil etib, aprel oyining birinchi un kunligida yana 150 000 so’mlik asosiy vosita kirim qilingan. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 31 yanvar holatiga 100 000; 28 fevral holatiga 115 000; 31 mart holatiga 130 000 so’mni tashkil etadi.
Talab qilinadi:
1. 2019 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig‘ini hisoblang?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Yuridik shaxs oktyabr oyining so’ngi o’n kunligida ta’sis etilgan. Uning asosiy vositalari 845000 so’mni tashkil etadi. Korxona mulki yangi bo’lganligi uchun eskirish hisoblanmagan. Har bir oy uchun o’rtacha ularning boshlang’ich qiymatidan 10% eskirish hisoblanadi.
Talab qilinadi:
1. Korxona hisobot davrida korxona qancha mol-mulk solig‘i to’laydi?
2. Korxonaning hisobot davri uchun “Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot shaklini (2-shakl) to’ldiring.


Masala. Korxona asosiy vositalarining 31 yanvar holati bo’yicha qiymati 4 350 000 so’mni tashkil etib, 10 fevralda 150 ming so’mlik qiymatdagi asosiy vositalar kirim qilindi va 20 fevralda 250 000 so’m qiymatdagi asosiy vositalar realizatsiya qilindi. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 31 yanvarga 500 000, 28 fevralga 600 000, 31 martga 750 000 so’mni tashkil etadi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling