Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
O’z korxonamizni ochmoqchimiz, biroq qanday shaklda ochishni bilmayapmiz. Qaysi biri yaxshi va ishonchli: MChJmi yoki QMJ?
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-muammoli vaziyat.
O’z korxonamizni ochmoqchimiz, biroq qanday shaklda ochishni bilmayapmiz. Qaysi biri yaxshi va ishonchli: MChJmi yoki QMJ?
Vaziyatning echimi. – MChJ va QMJning umumiy xususiyatlari ko’p. Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni tashkil etish, ularning faoliyati, ushbu jamiyatlarni qayta tashkil etish va tugatish bobidagi munosabatlarni «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonun (6.12.2001 yildagi 310-II-son) tartibga soladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) deb, xuddi qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ) singari, bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati hisoblanadi. Biroq MChJda ishtirokchilar uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Ushbu tashkiliy-huquqiy shakl shu jihati tufayli ham juda ommalashgan. QMJ ishtirokchilari esa jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo’lgan va qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladilar. Ya’ni QMJ kreditorlarning talablarini o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkdan to’liq hajmda qondirishga qobil bo’lmasa, qolgan talablar uning ishtirokchilariga qaratiladi. QMJ ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori uning ustavida nazarda tutiladi. Shu tariqa, ko’rsatilgan tashkiliy-huquqiy shakllar o’rtasidagi asosiy farq firma majburiyatlari bo’yicha javobgarlikni huquqiy tartibga solishdadir. QMJ kamdan kam hollarda tashkil etiladi, chunki tijorat tashkilotlarining unga yaqin va eng ko’p tarqalgan shakli – MChJ bilan qiyoslaganda, ishtirokchilar zimmasiga qo’shimcha mulkiy javobgarlik yuklaydi. Biroq ayni shu sababli QMJ MChJga qaraganda ishonchliroq hamkor hisoblanadi. Nazariy jihatdan olganda bunday tashkilotlar bilan ishlash foydaliroq, chunki mablag’larni yo’qotish xatari kam. Biznesning QMJ andozasida tashkil etilishi birinchi navbatda jamiyat muassislari bo’lg’usi hamkorlarga jamiyat nomidan qabul qilinadigan qarorlar uchun o’zlarining mol-mulklari bilan ham javob berishlarini ko’rsatish maqsadini ko’zlaydi. MChJning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va «mas’uliyati cheklangan jamiyat» so’zlarini o’z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to’liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan so’zlarni yoki MChJ qisqartmasini o’z ichiga olishi kerak. QMJning to’liq firma nomi jamiyatning to’liq nomini va «qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat» degan so’zlarni o’z ichiga olishi kerak. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to’liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat» degan so’zlarni yoki QMJ qisqartmasini o’z ichiga olishi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda imkoniyatlaringizni chamalab ko’rib, ularning qay birini tanlash – faqat sizning ixtiyoringizda! 3-muammoli vaziyat. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling