Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Download 2.1 Mb.
bet126/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

Talab qilinadi: Savdo korxonasining 2018 yil 6 oylik yakun bo’yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasini aniqlang?


1-muammoli vaziyat.
Quyidagi savollarga javob bersangiz:
1. Homiladorlik va tug’ish ta’tilining belgilangan muddati qancha?
2. Homiladorlik nafaqasi summasidan 25%lik yagona ijtimoiy to’lov va Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari undiriladimi hamda nafaqaga jismoniy shaxs­lardan olinadigan daromad solig’i solinadimi?
Vaziyatning echimi.
– 1. Mehnat kodeksining 233-mod­dasiga ko’ra ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuq­qanidan keyin 56 kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda – 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanadi.
Homiladorlik va tug’ish ta’tili nafaqasi jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta’tilning necha kunidan foydalanilganidan qat’i nazar, ayolga to’liq beriladi.
2. Soliq kodeksining 178-mod­dasiga asosan jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar kiradi. Shundan kelib chiqib, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga kiritiladi.
Soliq kodeksi 179-moddasining 20-bandiga asosan jismoniy shaxs­larning mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining 12 baravari miqdori doirasida to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar (bundan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqasi mustasno), shuningdek fu­qarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jam­g’armalaridan jismoniy shaxs­larga beriladigan yordam tusidagi to’lovlar tarzidagi daromadlariga soliq solinmaydi.
Demak, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqaga jismoniy shaxs­lardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi.
Soliq kodeksining 172-modda­sida ko’rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solish ob’ektidir (Soliq kodeksining 306-moddasi).
Soliq kodeksining 307-moddasi­ga asosan yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar summasi sifatida belgilanadi.
Shu tariqa, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqaga yagona ijtimoiy to’lov ham, sug’urta badallari ham solinmaydi, chunki ular mehnat haqi tarzidagi daromadlarga kirmaydi.


2-muammoli vaziyat.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling