III. Mustaqil ta’limni baholash tartibi
Talabalarni reyting asosida baholash tizimida mustaqil ta’limning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Mustaqil ta’lim natijalari amaldagi "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi. Albatta, mustaqil ta’limning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.
Mustaqil ta’limning bajarilishini nazorat qilish va baholash tizimi o‘quv guruhi darajasida tashkil etilayotgan ilmiy seminar, amaliy mashg‘ulotlar, joriy va oraliq nazoratlar olib boriladi. Mustaqil ta’limlarning baholash me’zoni quyidagicha tashkil etilishi mumkin: barcha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun – oraliq nazoratga ishchi dastur bo‘yicha maksimal 34 (24/10) ball belgilangan bo‘lib, shundan mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi uchun maksimal 10 ball ajratilgan. Bu maksimal 10 ball, oraliq nazorat o‘tkaziladigan vaqtlarda ikki marta maksimal 5 ballga ajratilgan holda rasmiylashtiriladi.
Semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Baholash usullari
|
Baholash mezonlari
|
Testlar, yozma ishlar, og‘zaki savol-javoblar, rеspublikаmizdа nаshr etilgаn, хоrijiy аdаbiyotlаrni shаrhi аsоsidа rеfеrаt, kеys stаdi, lоyihа ishi(assignment)
|
86-100 ball “a’lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |