Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 2.1 Mb.
bet132/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

1. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish jarayonini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ta’limlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o‘quv va ishchi o‘quv rejada I semestrda 54 soat, II semestrda 56 soat ajratilgan.
Mavzuni yoritish jarayonida moliyaviy boshqaruv, moliyaviy nazorat, davlat byudjeti, sug‘urta hamda xo‘jalik yurituvchi suybektlar faoliyatiga taalluqli va ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o‘rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko‘chirmalar tarqatma material sifatida o‘rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganishda axborot tizim­la­ridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respub­likasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi hamda ularning rasmiy saytlari­dan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.
Mustaqil ta’limni tashkil etish orqali fan mazmunini boyitish va uning ma’lu­motlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o‘rganish; talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling