Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-mavzu. Soddalashtirilgan soliq tizimi


Download 2.1 Mb.
bet140/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

3-mavzu. Soddalashtirilgan soliq tizimi


Soddalashtirilgan soliq tizimining soliq amaliyotiga tatbiq etilishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soddalashtirilgan soliq tizimining iqtisodiy ahamiyati. Soddalashtirilgan soliq tizimining tarkibiy tuzilishi: yagona soliq to‘lovi. Yagona soliq to‘lovi va uning amal qilish jarayoni. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibi. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tarkibiga kiritilish mezoni.
Yagona soliq to‘lovining soliq ob‘ekti. Yalpi tushum va uning tarkibi: mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum; asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan daromadlar; favqulodda daromadlar. Yagona soliq to‘lovi stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanish mezonlari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar va preferentsiyalar. Yagona soliq to‘lovi hisoblash va to‘lash tartibi. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlari. Yagona soliq to‘lovini buxgalteriya hisobida aks ettirish.


4-mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i


Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq va uning o‘ziga xosligi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq ob‘ekti. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari. Jami yillik daromad tarkibi: mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar; jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari; moddiy naf tarzidagi daromadlar va boshqa daromadlar.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning stavkasi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar. Soliq imtiyozlari tarkibi: soliq solinadigan daromadga kiritilmaydigan daromadlar; soliqdan to‘liq ozod qilinadigan jismoniy shaxslar; har to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi imtiyoz. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash uslubiyati.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish. Deklaratsiya tushunchasi va uni joriy qilish sabablari. Jismoniy shaxslarning deklaratsiyaga kiritiladigan daromadlari tarkibi. Deklaratsiyani to‘ldirish va soliq organlariga topshirish tartibi hamda muddati. Deklaratsiyani muddatida topshirmagan jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar. Deklaratsiya bo‘yicha qo‘shimcha hisoblanadigan soliq summasini budjetga to‘lash muddati.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling