Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari va soliqni hisoblash muddatlari
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-jadval Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari 28
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari va soliqni hisoblash muddatlari. Aylanmadan olinadigan soliqni xo’jalik sub’ektlari mustaqil ravishda belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblaydilar. Aylanmadan olinadigan soliqni stavkalari savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan qat‘iy nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 467-moddasi bilan tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagicha tabaqalashtirilgan:
3.2-jadval Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari28
Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va aylanmadan olinadigan soliqning turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, unda ular har bir savdo nuqtasi bo‘yicha tovar oborotining alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashlari lozim. Agar savdo korxonalri, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar, yagona soliq to‘lovining turli stavkalari o‘rnatilgan aholi punktlarida mustaqil yuridik shaxslar hisoblanmagan bir necha savdo shahobchalariga ega bo‘lsalar, ular har bir savdo shahobchasi bo‘yicha tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini yuritishlari va shu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan soliq stavkalari bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqnito‘lashlari shart. Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlari savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavkasi bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘laydilar. Agar savdo korxonalari balansida qayd etilgan asosiy vositalarni ijaraga topshirsalar, ular ijaraga berilgan ushbu aktivlar qiymatidan umumbelgilangan tartibda mol-mulk solig‘ini to‘laydilar hamda ularga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilmaydi. Savdo korxonalari aylanmadan olinadigan soliqni mustaqil ravishda soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqadilar va budjetga to‘laydilar. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay; Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling