Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100 mln.so’mdan 1 mlrd.so’mgacha
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan soliq stavkalari
YaTTning yalpi tushumi miqdori
Soliqqa tortish rejimi Hisobot taqdim etish muddati Soliq to’lash muddati 2018 yilda yalpi tushumi 100 mln. so’mgacha bo’lgan va 2019 yilda yangi ro’yxatdan o’tgan YaTTlar Qat’iy belgilangan soliq Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasi Faoliyat oyining 10 sanasiga qadar 2018 yilda hamda hisobot yilida yalpi tushumi 100 mln.so’mdan 1 mlrd.so’mgacha bo’lgan YaTTlar Yalpi tushumdan yagona soliq to’lovi (qat’iy soliq summasidan kam bo’lmagan miqdorda) Har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasi (o’sib boruvchi tartibida) Oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan soliq stavkalari: 7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im. Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo‘lsalar, ushbu Kodeksning 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik suybektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi arizani va uning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini olgan, tadbirkorlik suybektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradigan organ soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi. Tadbirkorlik suybektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida taqdim qilingan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Soliq to‘lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi. Faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar. Qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 2018-yildan qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 10-kunidan kechiktirmay har oyda, soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, jismoniy shaxslar daromadidan qat’iy belgilangan soliq: 2018-yil yanvari uchun 2018-yilning 10-yanvariga qadar; 2018-yil fevrali uchun 2018-yilning 10-fevraliga qadar belgilab qo‘yilgan. Qat’iy belgilangan soliq yuridik shaxsni tashkil etmagan tadbirkor tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyda, agar O‘zbekiston Respublika-sining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lanadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan endi shug‘ullana boshlagan jismoniy shaxslar qat’iy belgilangan stavkalar bo‘yicha daromad solig‘ini belgilangan tartibda, ro‘yxatga olish paytida mustaqil to‘laydilar. Qat’iy belgilangan soliq faoliyat boshlangan kundan qat’iy-nazar bir oy uchun to‘lanadi. Misol uchun, oyning boshida emas, balki ikkinchi yarmida boshlasa ham to‘liq oy uchun to‘lanadi. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan xususiy tadbirkorlar chakana savdo, maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi jami 81 ta faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishlari, bu jarayonda bir nafardan uch nafargacha xodimni yollab ishlatishlari mumkin. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor: - chakana savdo faoliyati bilan shug’ullanganda bir nafar; - maishiy xizmat ko’rsatish faoliyatilari bilan shug’ullanganda uch nafargacha; - faoliyatning boshqa turlari bidan shug’ullanganda ikki nafargacha xodimni yollab ishlatishiga ruxsat etilgan. Lekin, o’rganishlar natijalari shuni ko’rsatdiki: - birinchidan, qurilish materiallari, tsement, shifer, yog’och va yog’och mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining og’irligi sababli, xususiy tadbirkorlar ushbu mahsulotlarni trasport vositalariga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo’riqlash va sotishni ruxsat etilgan bir nafar yollanma ishchi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab norasmiy ishlatishga majbur bo’lmoqda. - ikkinchidan, alyumeniy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlarni tayyorlash yirik uskunalardan foydalanilgan hoda, sanoat usulida amalga oshirilishi shuningdek, hamda xom-ashyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortish, tashish, tushirish va o’rnatish uchun ko’p ishchi kuchi talab etilishi sababli xodimlarni norasmiy yollab ishlatishga to’g’ri kelmoqda. 2019-yil 1-yanvardan yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘laydigan qat’iy belgilangan soliq stavkasi quyidagicha: Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling