6. Rivojlangan horijiy davlatlarda yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortishning o’ziga xosligi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ham yuridik shaxslar o’z faoliyatlari davomida ega bo’lgan daromadlaridan foyda solig’i to’lashadilar. Ushbu davlatlar soliq tizimida ham korxonalar olinadigan foyda solig’i alohida ahamiyatga ega bo’lib, mazkur soliqning ko’pgina umumiy hususiyatlarga egaligi bilan ayni paytda bir-biridan farq qilishini ham ta’kidlash lozim. Ushbu fikrni davom ettirgan holda quyida korxonalar daromadini soliqqa tortishning rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini tahlilini keltiramiz (2.4-jadvalga qarang).
2.4-jadval
Xorijiy davlatlarda korxonalardan olinadigan foyda solig’ining stavkalari miqdorlari16
t/r
|
Davlatlar
|
Foyda solig’i miqdori, foizda
|
1.
|
Yaponiya
|
37
|
2.
|
Italiya
|
36
|
3.
|
Ispaniya
|
35
|
4.
|
Niderlandiya
|
34,5
|
5.
|
Avstriya
|
34
|
6.
|
Frantsiya
|
33,3
|
7.
|
Buyuk britaniya
|
30
|
8.
|
Qozog’iston Respublikasi
|
30
|
9.
|
Germaniya Federativ Respublikasi
|
25
|
10.
|
Rossiya Federatsiyasi
|
24
|
11.
|
O’zbekiston Respublikasi
|
14
|
Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, foyda solig’i stavkasi dunyoda iqtisodiy salohiyati bo’yicha faqat AQShdan keyingi o’rinda turgan Yaponiya mamlakatida 37 foizni yoki korxonalar moliyaviy natijasining 1/3 qismidan ko’pini tashkil etmoqda. Bu O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan soliq stavkasiga qaraganda esa 3 barobardan ham ko’pni tashkil etmoqda. Umuman olganda nomlari keltirilgan davlatlar ichida O’zbekistondan bir pog’ona oldin Rossiya Federatsiyasi bo’lib, undagi stavka ham bizdagiga qaraganda ikki barobar ko’p bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |