Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


-Mavzu: Ijtimoiy soliq va mahalliy yig’imlar


Download 2.1 Mb.
bet81/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

13-Mavzu: Ijtimoiy soliq va mahalliy yig’imlar


Reja:
1. Ijtimoiy soliqni to‘lovchilari, to‘lov obyekti, bazasi hamda to‘lovdan chegirmalar.
2. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
3. Avtotransport yig'imlarining turlari, to‘lovchilar, soliq solish obyekti va bazasi.
4. Yig‘imlar stavkasi, imtiyozlar va yig‘imlarni to‘lash tartibi.
5. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni to’lovchilari.
6. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni hisoblash tartibi.
7. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasi.


Tayanch so’z va iboralar: yuridik shaxs, chakana savdo, ayrim turdagi xizmatlar, yig’imni to’lovchilar, yig’imning ob’ekti, yig’imning stavkasi, yig’imdan imtiyozlar, yig’imni hisoblash tartibi, yig’imni to’lash muddatlari


1. Ijtimoiy soliqni to‘lovchilari, to‘lov obyekti, bazasi hamda to‘lovdan chegirmalar. O‘zbekiston Respublikasi Va­zir­lar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respubli­ka­sining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 567-son qaroriga muvofiq 2004 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi) majburiy badallar to‘lash o‘rniga mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasidan Ijtimoiy soliq joriy qilindi. Ijtimoiy soliq davlat soliq va yig‘imlariga tenglashtirildi.


Soliq kodeksining 305-moddasiga binoan Ijtimoiy soliqni to‘lovchilar bo‘lib, yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda belgilangan tartibga muvofiq Ijtimoiy soliqni to‘laydigan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Soliq kodeksining 306-moddasiga asosan ish haqi tarzidagi daromadlar Ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun Ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham Ijtimoiy soliqning soliq solish obyektidir.
Ijtimoiy soliqning soliq solish obyektini aniqlashda soliq kodeksining 172-moddasida ko‘rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlari manba sifatida olinishi belgilab qo‘yilgan. Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e'tirof etiladi va quyidagicha guruhlanadi:
-mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
- ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;
- soliq kodeksining 173-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
- soliq kodeksining 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
- soliq kodeksining 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
Yuqoridagilar bilan birga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
-predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (soliq kodeksi 169-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno) to‘lovlar;
-yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a'zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
-O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta'minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Soliq kodeksining 307-moddasiga asosan Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, soliq kodeksining 308-moddasida ko‘rsatilgan to‘lovlar bundan mustasno.
Soliq kodeksi 306-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Ijtimoiy soliq quyidagilarga nisbatan hisoblanmaydi:
1) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalarga;
2) quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga:
-davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
-O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
-O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablag‘lari;
3) aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlariga;
4) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling