Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Download 2.1 Mb.
bet79/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

Imzolanadigan bonus stavkalari75

Т/р

Foydali qazilmalarni razvedka
qilish va qidirish huquqi

Bonusning eng kam stavkasi
(eng kam ish haqiga nisbatan
karrali miqdorlarda)

1

Uglevodorodlar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi

10 000

2

Oltin qidirish va razvedka qilish huquqi

10 000

3

Qimmatbaho (oltindan tashqari), noyob va asl metallar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi

1 000

4

Rudali foydali qazilmalar konlarini, 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlardan tashqari, qidirish va razvedka qilish huquqi

500

5

Noruda foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish huquqi

100

Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada ko'rsatilgan yer qa'ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni ko'paytirishga olib keluvchi konlarni qo'shimcha qidirish o'tkazish chog'idagi foydali qazilmalar topilmasi uchun to'lanadigan to'lovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon bo'yicha tijoratbop topilma bonusi to'lanmagan bo'lsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan ham to'lanadi.


Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish o'tkazishda tijoratbop topilma bonusi to'lanmaydi.
Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyektidir.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi:
-Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning davlat reestriga kiritilgan yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun - foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi bo'yicha;
-boshqa yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi bo'yicha, jahon bozorida narx mavjud bo'lmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati - belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yo'sinida o'zlashtirish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda.
Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash va tijoratbop topilma bonusini to'lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan e'tiboran yigirma besh kundan kechiktirmay soliq to'lovchi tomonidan taqdim etiladi.
Tijoratbop topilma bonusini to'lash foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan e'tiboran to'qson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling