Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- (eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda)
Imzolanadigan bonus stavkalari75
Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada ko'rsatilgan yer qa'ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun, shu jumladan dastlabki belgilangan ajratib olinayotgan zaxiralarni ko'paytirishga olib keluvchi konlarni qo'shimcha qidirish o'tkazish chog'idagi foydali qazilmalar topilmasi uchun to'lanadigan to'lovdir. Tijoratbop topilma bonusi, agar avval mazkur kon bo'yicha tijoratbop topilma bonusi to'lanmagan bo'lsa, foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olishda yer qa'ridan foydalanuvchilar tomonidan ham to'lanadi. Foydali qazilma konlarini keyinchalik ularni kavlab olishni nazarda tutmaydigan qidirish o'tkazishda tijoratbop topilma bonusi to'lanmaydi. Vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan konda foydali qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish obyektidir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati soliq solinadigan bazadir. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati quyidagicha hisoblab chiqiladi: -Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning davlat reestriga kiritilgan yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun - foydali qazilmaning mazkur turi uchun tasdiqlangan deklaratsiya qilingan narxi bo'yicha; -boshqa yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalqaro birjada belgilangan birja narxi bo'yicha, jahon bozorida narx mavjud bo'lmagan taqdirda esa, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati - belgilangan tartibda kelishilgan tegishli konni sanoat yo'sinida o'zlashtirish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqib, uni 20 foiz oshirgan holda. Foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan hajmining qiymatini aniqlash va tijoratbop topilma bonusini to'lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Tijoratbop topilma bonusining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan e'tiboran yigirma besh kundan kechiktirmay soliq to'lovchi tomonidan taqdim etiladi. Tijoratbop topilma bonusini to'lash foydali qazilmalarni kavlab olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan kundan e'tiboran to'qson kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling