Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua


Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi


Download 2.1 Mb.
bet82/165
Sana12.10.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1700341
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165
Bog'liq
Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua

2. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Ijtimoiy soliq uchun kalendar yil soliq davri va yil oyi hisobot davri hisoblanadi. Ijtimoiy soliq soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Ijtimoiy soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Agar soliq kodeksining 311-moddasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Ijtimoiy soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

12.1-jadval
Ijtimoiy soliq stavkalari79

T/r

To‘lovchilar

Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda

1.

Byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar; qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari

25

2.

1-bandda nazarda tutilmagan boshqa to‘lovchilar

12

Ijtimoiy soliq summasi belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg‘armalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida quyidagi miqdorlarda taqsimlanadi:



1.

Byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar; qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari bo‘yicha:

-


100%


-byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga

-

99,2%

-Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga

-

0,4%

-O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga

-

0,4%



2.

Boshqa to‘lovlar bo‘yicha:

-

100%

-byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga

-

98,4%

-Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga

-

0,8%

-O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga

-

0,8%

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi PQ-4086-son qarorining 7-ilovasiga asosan yagona soliq to‘lovidan tushgan tushumdan 46% byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratilishi belgilandi.


Ijtimoiy soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari bo‘yicha Ijtimoiy soliqga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.
Ijtimoiy soliqni to‘lash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
3. Avtotransport yig'imlarining turlari, to‘lovchilar, soliq solish obyekti va bazasi. Avtotransport yig‘imlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
-avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
-chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im.
Amaldagi Soliq kodeksining 321-moddasiga muvofiq, avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im to‘lovchilardir.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im to‘lovchilaridir.
Yig‘imlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:

  • avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

  • chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish.

Yig‘imlar undiriladigan baza sifatida quyidagilar belgilangan:

  • olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari.


Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling