Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asl metallar
- Qora metallar
- Kon-ruda xom-ashyosi
- Metallurgiya uchun noruda xom ashyosi
- Noruda qurilish materilalari
- 2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
- 4. Soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi.
Izoh: *)Belgilangan stavka bo‘yicha yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan to‘lanadi. **) Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mahsulotlarning realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha belgilangan stavkada to‘lanadi. ***) Sement xom ashyosi kavlab olingan va sement ishlab chiqaruvchi zavodlarga realizatsiya qilinganda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan stavkadan kelib chiqib, biroq 1 tonnasi uchun kamida 45 000 so‘m miqdorida to‘lanadi. 4. Soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi. Soliq kodeksining 246-modasiga muvofiq, kalendar yil soliq davridir. Hisobot davri yuridik shaxslar uchun - yil choragi, jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq soliq to‘lovchilar tomonidan soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda belgilanadi, lekin u yer qa’ridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past bo‘lmasligi kerak. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan - ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; jismoniy shaxslar tomonidan - yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash har oyda keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar (turlari) bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi. Hisoblab yozilgan soliq summasi buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi: davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining krediti. Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ining debeti; pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘ining krediti. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan holda, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz bo‘lmagan taqdirda, ushbu summalar soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling