Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi “soliqlar va soliqqa tortish” fanidan o‘quv–uslubiy majmua
Download 2.1 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish fanidan oquvuslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi.
10.1-rasm. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi (foizda)72
Ushbu ko‘rsatkichlar yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi. Respublikamizda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq yer osti boyliklarining 53 turiga nisbatan belgilangan bo‘lsada, byudjetga soliq tushumi faqatgina 4-5 turdagi yer osti boyliklariga mutloq ravishda bog‘liq bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqning tushumlari tarkibida oltin 43.1 foizni, tozalangan mis 38.3 foizni, neft 4.4 foizini, tabiiy gaz va gaz kondencati 10.4 foizini, kumush 1.7 foizni tashkil etmoqda. Agarda hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq jami tushumining 38.4 foizi Toshkent viloyatiga, 46.3 foizi Navoiy viloyatiga, 13.2 foizi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda qolgan 2.1 foizi respublikamizning boshqa hududlari zimmalariga to‘g‘ri keladi. 2. Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi. O‘zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek, foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa‘ridan foydalanuvchilardir. Yer qa‘ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus to‘lovlarni to‘laydilar: yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq; qo‘shimcha foyda solig‘i; bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar). Soliq kodeksining 243-moddasiga ko‘ra, yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: yer qa‘ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qa‘ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa‘ridan foydalanuvchilar. Soliqqa tortish maqsadida yer osti boyliklari deganda yer qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi. Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi. Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan, qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan rudani Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining mis yeritish zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi. Respublikamizda ushbu soliqning asosiy qismini davlat byudjetiga ta‘minlab beruvchi eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘lib, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan va Muborak gazni qayta ishlaydigan zavodlari, Navoiy oltinni qayta ishlaydigan korxona shuningdek, Angren ko‘mir qazib oluvchi korxona va boshqa shu kabi yer osti boyliklarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik korxonalar hisoblanadi. Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Soliq kodeksining 244-moddasiga ko‘ra kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi. Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir: sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar; uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar. Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha soliq solish obyektidir: kavlab olingan (shu jumladan qo‘shilib chiqadigan) foydali qazilmalar; foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar. Soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir. Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha hisobot davrida hisoblangan yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling