Soliyeva omina murodjon qizi


Download 304.5 Kb.
bet15/17
Sana14.03.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1266737
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi

Qavs tinish belgisi 1. Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan izoh, ma'lumotni ifodalaydigan kiritma so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Uni birinchi marta To‘la akaning repetitsiyasida ko‘rganman. (A.Meliboyev) Bordi-yu, hushyorlik qilinmaganida, qora bozorga kamida 50 ming so‘mlik (o‘sha yillarning bahosida) zahri qotil mahsulot chiqib ketgan bo‘iar edi. (A.Meliboyev)
2. Gap ichida asosiy fikrga qo‘shimcha sifatida beriladigan ma'lumotni ifodalagan kiritma gap qavsga olinadi: O‘sar Hojarga uylangach (uylanganigayam yigirma yildan oshdi), ana shu eski uychaga taqab bir dahliz va bir mehmonxona-yotoqdan iborat boshpana qurib olgan edi. (Sh.Xolmirzayev)
3. Boshqa tildagi gapning yoki boshqa tildagi muayyan bo‘lakning tarjimasi qavsga olinadi: OK. Continue the fly («Yaxshi. Uchishda davom eting»). (I.Sulton) Yes, sir(Xo‘p bo‘ladi, ser). (I.Sulton) Mening birinchi maqolalarim qirg‘iz tilida chiqadigan «Emgek danqi» («Mehnat shuhrati») nomli tuman gazetasida bosilgan. (A.Meliboyev)
4. Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish so‘z yoki birikma qavsga olinadi: Muqaddas esa (ajabo!) go‘yo hech narsani sezmas, u nimagadir sevinib, hadeb kular... edi. (O.Yoqubov) Birov o‘q borib uning qo‘liga tekkan desa, boshqa birov (Asta 'furulloh!) naqd og‘ziga tekkan deydi. (E.A’zam)
5. Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish gap qavsga olinadi: Ko‘ngil qo‘yganlari boshqa edi, boshqalar edi. Uni biz bilamiz. (Bilmaylar ketaylik, iloyim!) (E.A’zam) Boylarbo lsa na fuqaronibirchaqaga oladi (bunisi-ku mayii-ya), na mingboshini (mana munisiga chidab bo‘lmaydil). Ochiqdan ochiq so‘kadi, haqorat qiladi... (Cho‘lpon)
6. Sahna asarlari matnidagi turli izoh, remarkalar qavs ichida beriladi: SOHIBQIRON. Yo‘q! Bari Ollohdan. Yaratgan egamning xohishi shul erkan. O‘z jannatidan joy ato qilg‘ayl (Qalqonbekka
Qo‘shtirnoq 1. Har biri alohida abzas ko‘rinishida yangi qatordan emas, balki ketma-ket bir qatorda berilgan dialog replikalari shaklidagi ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi («Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilari» deb nomlangan qismda bu haqda batafsil aytiladi).
2. Turli manbalardan olingan iqtiboslar qo‘shtirnoq ichida beriladi: Navoiy umrining oxirlarida yaratgan «Mahbubul-qulub» asarida yozadi: «Yaxshi-yamonning fe'lini bilibmen va yamon-u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen». (N.Komilov) «Odami ersang, demagil odami Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami». (Alisher Navoiy)
3. Ichki nutq shaklidagi birliklar (o‘y-xayol, mulohaza, tasavvur kabi) qo‘shtirnoqqa olinadi: Shavkat sekin oynasi darz ketgan suratga termilib qarar ekan, xayolidan ushbu o‘ylaro‘tdi: «Qiynalib ketdim, Surayyo... Sen bo‘lganingda, bu ko‘rgiliklar yo‘q edi... 0 ‘zing hammasini eplarding...» (Sh.Boshbekov)
4. Gapda odatdagi ma'nosidan boshqa ma'noda qo‘llangan, shuningdek, eski, yangi yoki chet so‘zlar qo‘shtirnoqqa olib beriladi: Borib-borib yirikroq «ish»ga o‘tdi - odamlarning uy-joyi, mol-holini o‘g‘irlaydigan bo‘ldi. (Sh.Boshbekov) Shundagina Shavkat «o‘tlab» ketayotganini anglab qoldi. (Sh.Boshbekov)
5. Turli asarlarning, shuningdek, kitob, gazeta, jurnallarning nomlari, sarlavhalar alohida olinganda emas, balki matnda qo‘llanganda, qo‘shtirnoqqa olinadi: A.Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini o‘qidim; O‘.Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasi; «Sharq yulduzi» jurnali; «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnali kabi.
6. Muassasa, tashkilot, korxona va shu kabilarning shartli nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: «O‘qituvchi» nashriyoti, «Fan» nashriyoti, «Jahon» axborot agentligi kabi.
7. O‘zbekiston Respublikasi orden va medallarining nomi qo‘shtirnoqqa olinadi: «Mustaqillik» ordeni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni kabi.
8. Turli mahsulotlarning shartli nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: «Qoraqum» konfeti, «Paxta» torti, «Samarqand» sovutkichi, «Neksiya» avtomashinasi kabi.

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling