Soliyeva omina murodjon qizi
Download 304.5 Kb.
|
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqtali vergul
- Nega... Nega o‘ldiribdi?
- Sizning ishingiz deb. - Mening ishim? - hayron bo‘ldi Rahim Saidov. - Ha. 1-109 S deb. Ular preparatingizni yo o‘gtrlamoqchi, yo yo‘q qilmoqchi botishgan. Xotiningiz... Munisxon bosh tortgan. (O‘.Umarbekov) 27. Ba'zan deb shakli gap tarkibi sifatida yordamchi so‘zining sinonimi kabi qo‘llanadi, bunday holatlarda ham deb so‘zidan keyin ham, oldin ham vergul qo‘yilmaydi: Uyga ham, xotiniga ham o‘z institutining, o‘z hayotining bir qismi deb qarardi. (O‘.Umarbekov) Nuqtali vergul 1. Gapda uyushiq bo‘laklar meyoridan ortiq ko‘p bo‘lganda, ularni muayyan bir tarzda guruhlab berish zarurati tug‘iladi va ayni shu guruhlarning har biri nuqtali vergul bilan ajratiladi: Demak, bu daraxt ro‘dapo boyar choponlarini-yu xipcha kamzul, yasama sochlarni; qora frak va silindrlar-u charm kurtka va budyonovkalarni; shalviragan ishtonlar-u torpocha shimlarni ko‘rgan. (R.Hamzatov) 2.Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) yarim qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan so‘z, so‘z birikmasi va gaplar oxiriga (eng so‘ngisidan tashqari) nuqtali vergul (ba'zan vergul) qo‘yiladi: Nutq ham til va yozuv kabi ikki xil shaklga ega: a) og‘zaki nutq; b) yozma nutq. («Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligi) To‘liqsiz gaplar bir qancha ko‘rinishda bo‘ladi: 1) ega aytilmagan bo‘ladi ; 2) kesim aytilmagan bo‘ladi ; 3) ega ham, kesim ham aytilmagan bo‘ladi ; 4) ikkinchi darajali bo‘laklar aytilmagan bo‘ladi . (A.G‘ulomov) 3. Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplar mazmunan sezilarli mustaqil bo‘lib, birbiriga mazmunan bevosita yaqin bo‘lmaganda, odatda ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi; ikki marta sekin, og‘zini ochmasdan esnadi. (A.Qahhor) U otasi singari baland bo‘yli, keng yag‘rinli; otda ko‘p yurgani uchun oyog‘ini kerib tashlaydi, ovda ko‘p bo‘lganidan fikrini qo‘l harakati bilan ham tushuntirib gapiradi. (Sh.Xolmirzayev) 4. Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir nechta bo‘lsa, ularning mazmunan bir-biriga yaqinlari vergul bilan ajratilib, qolgan muayyan bir yoki bir nechtasi nuqtali vergul bilan ajratiladi: Xotin uzoq yig‘ladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon bo‘ldi, o‘zini qarg‘adi, oiirn tiladi; yig‘idan tolib, tashqariga chiqdi. (A.Qahhor) 5. Bog‘lovchisiz yoki murakkab qo‘shma gap tarkibidagi gaplarda ifodalangan voqea-hodisalarni solishtirish, qiyoslash mazmuni aniq ifodalanganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Ba'zilar ularning juda-juda inoq yashashlarini aytisharmish; ba'ziiar esa aksincha, gap tarqatisharkanki, osmondan tushib, yerdan chiqqandek ko‘payishib ketgan odamlarning bir-birlarini ko‘rishga ko‘zlari, otishga o‘qlariyo‘q. (Sh.Bo‘tayev) 6. Bir qancha gaplar uyushganday bo‘lib, yaxlit bir bog‘lovchisiz qo‘shma gapni tashkil etganda, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Razzog so‘fming sovuq yuzlari uning ko‘zlaridan yiroqlashgan; nasihat yo‘li bilan minglarcha marta aytilgan va ta'kidlangan so‘zlar unutilgan; sovuq sofilarning «harom» degan da'volari sinib, parcha-parcha bo‘lgan; «nomahramlik» safsatalari ot oyoqlari ostida yanchilgan; to‘rt devoming bu tutqun qizi o‘ziga o‘xshagan tutqunlardan boshqa hech bir guvoh va tilchi bo‘lmagan shu keng dalaning quloch yetmas bag‘rida yillardan beri tugilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, cheksiz bo‘shliqlarga yoyib yuborgan edi. (Cho‘lpon) Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling