Solution of social problems in management and economy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1394335
  1   2   3   4
Bog'liq
SSPME0416 (1)



SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference 
69 
GEKSAGIDRO-1,3,5- TRIAKRILILTRIAZIN SINTEZI VA XOSSALARINI 
TADQIQ ETISH 
Absalomov Sanjar Suyunboy o’g’li 
Samarqand davlat universiteti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7196818 
Annotatsiya: Ushbu maqolada triazin asosida geksagidro-1,3,5-triakrililtriazinni 
sintez qilish va uning sharoaitlari oʼrganilgan. Reaksiyaning unumdorligi sharoiti 
katalizatorlarga bog’liqligi va ma’lum temperaturada sharoitni talab qilishi to’liq 
o’rganilgan. 
Kalit so’zlar: geksagidro-1,3,5-triakrililtriazin, Nosimmetrik 1,3,5-triazin, 
geksalen, divinilbenzo 
Choklovchi agentlar va ular asosidagi materiallar barcha sohalarda muhim oʼrin 
tutadi va ularni ishlab chiqarish yildan yilga ortib bormoqda. Bu sohada xalq 
xoʼjaligining turli sohalarida keng miqyosda qoʼllanilayotgan yoʼnaltirilgan ion 
almashuv xossasiga ega materiallar sintezi muhim ilmiy yoʼnalish hisoblanadi, bu 
esa ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish muammolarini yechishda katta 
ahamiyatga ega. Shu sababli ham olingan triazin asosida choklovchi agentlarni 
sintez qilish va bunday choklovchi agentlar asossida polimer Gellar olish va 
soʼngra funktsional guruhlarni kimyoviy modifikatsiyalab turli sohalarda 
ishlatiladigan mahsulotlar olish dolzarb hisoblanadi. 
Yuqori molekulyar birikmalar sohasining muhim vazifalaridan biri maʼlum 
xossalar va tuzilishga ega ionalmashuvchi qatronlar sintez qilishdan iborat. 
Ionitlardan foydalanish sohasi doimo kengayib bormoqda. Masalan, tuzli suvlarni 
chuchuklashtirish, kimyo sanoati va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi 
oqava suvlarni tozalash, aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar olish, 
antibiotiklar va gormonlarni tozalash, sorbtsiya, gidrometallurgiyada metall 
ionlarini kontsentrlash, elektrokimyoviy texnologiya va h.k. ionitlarni sintez va 
tadqiq qilishni taqozo qiladi. 
Аkrilonitrilning divinilbenzol bilan, stirolning divinilbenzol bilan sopolimerlari va 
boshqalar keyingi vaqtlarda ionitlar sintez qilish uchun eng keng tarqalgan 
karkaslar boʼlib qolmoqda. Boshqa kimyoviy tarkibli karkaslardan farqli oʼlaroq 
ular choklanish darajasini (demak, gʼovakliligini ham) nazorat qilish imkoniyati 
va turli xil kimyoviy reaktsiyalar uchun qoʼl kelishi bilan farqlanadi.
Bulardan kimyoviy modifikatsiyalash natijasida yuqori kimyoviy va mexanik 
barqaror, termik stabil, yuqori sorbtsion va kompleks hosil qiluvchi yuqori 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling