O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
18.61 guruh talabasi Sheraliyev Sanjarning
“Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “ mavzusida Tibbiyot psixologiyasi fanidan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: R.Usmonov
Farg’ona – 2022
MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................
I BOB PSIXIKA VA KASALLIKLARNI O’RGANISH IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1.Kasalliklarni paydo bo`lishida psixogen omillarning roli.………………….
1.2 Stress va fiziologik jarayonlar ………………………………………………
I Bob yuzasidan hulosa ………………………………………………………….
II BOB PSIXIK JAROXATLARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLARINI NAMOYON BO’LISH XUSUSIYATLARI
2.1.Psixik jaroxatlar va bemor shaxsining xususiyatlari…………………….
2.2. Nevroz xolatining psixogen mexanizmi………………………………..
II Bob yuzasidan xulosa ………………………………………………........
Xulosa va tavsiyalar…………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………
Ilova …………………………………………………………………………
Kirish
Mavzuning dolzarbligi Insonning salomatligi bu eng qadrli ne’matlardan biri sanaladi, sababi inson jamiyat a’zolari oldida o’zini nomoyon qilishi o’z-o’zidan qoniqishi uning jamiyatdagi o’rnini oshirishda inson salomatligini uya’ni ruhiy salomatlikni axamiyati juda beqiyos ekanligini takidlash zarur. Yosh davrlar psixologiyasidan bizga ma’lumki o’smirlik yoshi eng qiyin , inqirozli davr hisoblanadi. Ruxiy salomatlik masalalari esa juda ham katta axamiyat kasb etadiki , aynan ushbu yoshda o’z –o’zini to’laqonli anglashga urinish , jamiyatda o’rniga ega bo’lish , kasb hunarli bo’lish kabi bosqichlarni boshdan kechirish , o’zidagi psixologik – fiziologik o’zgarishlarni to’g’ri qabul qila olish kabi masalalarni ijobiy hal etaolishlari uchun ruxan sog’lom teran fikr egasi bo’lish talab etiladi , shu sababli ham ruxiy salomatlik muammosi o’smirlik davrining o’ziga xos muammolaridan biriga aylanib ulgurgan desak mubolag’a bo’lmaydi, bu yoshda o’zmir bola bo’lib bola emas katta bo’lib katta emasligi uni jamiyatda ajralib qolgandek xis qilishiga zamin yaratadi , u endi ruxiy siqilishi salomatligida muammolar paydo bo’lishi mumkin , bu kabi omillarni oldini olish borasida aynan o’smirlarda ruxiy salomatligini o’rganish zamon talabidir .
Ruxiy salomatlik umuman inson salomatligi masalasi mamlaktimizda doimo birinchi hal etiladigan va katta etibor qaratiladigan soxalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham yurtimizda bu soxada bir nechta qaror va farmonlarning qabul qilinganligi bejizga emas .
Xususan , 2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi axolisining ruhiy salomatligini muxofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida 13.09.2019 yil PQ-4190 sonli qaror qabul qilingan .
Aholida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6035-son Farmonining qabul qilinishi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4847-son qarorining 1 ilovasida “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi” bloki tashkil etilishi belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |