Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “


Download 54.55 Kb.
bet6/13
Sana03.02.2023
Hajmi54.55 Kb.
#1153918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TIBBIYOT KURS2

BOB BO’YICHA XULOSA
Hozirgi yetakchi yo`nalish nevrotik holatlarning shakllanishida bir qator omillar ishtirok etadi deb hisoblaydi, shulardan eng zaruriylari shaxsning tuzilmasi va nasliy moyilligi deb hisoblanadi. P. B. Gannushkin (1933) ko`pgina nevrotik holatlarning vujudga kelish vaziyatini, ta`siri va rivojlanishini tasvirlab, kelib chiqishi ruhan bo`lsa-da, ko`pgina hollarda u ruhiyati shikasta shaxslarda paydo bo`ladi, deydi. V. A. Gilyarevskiy (1973), nevrozlarda ruhiy shikastlanishga alohida e`tibor qilib, shaxsning tuzilishida o`zgarishlar buzilishi shartligini ta`kidlaydi. Ruhiy shikast ko`pincha birinchi turtki ahamiyatini kasb etadi. D. J. Bird (1869) nevrasteniyani dastlabki marta ta`riflab, uni tez o`sayotgan sivilizasiya bilan bog`laydi va nerv tizimi hayot talab qiladigan sur`atga dosh berolmaydi va charchaydi deydi. P. D. Mobius (1906) nevrasteniyada konstitusional omil asosiy ahamiyatga ega deb ta`kidlaydi. Shu ikkala iqtisodiy va konstitusional omil hozirgi davrga qadar muhokama etib kelinmoqda.
K. Ye. Krasnushkin (1960) tez ish bitiraman deb zo`riqish, charchashni yengish uchun harakat qilish, ko`pincha majburan uxlamaslik organizmning dam ololmasligiga, ichki imkoniyatlari kamayishiga olib keladi, natijada asab charchashi oqibatida nevrasteniyani keltirib chiqaradi, deb uqtiradi.
Fransuz ruhiyatchilari (P. Jannet, 1907, 3. D. YUpre, 1903 va b.) isteriyaning asosiy belgilarini bayon etib, isterik konstitusional tuzilishga yetakchi sabab deb qaradilar. Ye. K. Krasnushkin (1929) isterik reaksiya sabablari ruhiy-biologik qatlamlarda yetakchi omil deb hisoblaydi. E. Krepelin (1915) isteriya uchun xis-xayajon, ruhiy va somatik faoliyatning barcha jabxalariga yoyilishi xarakterli deb hisoblaydi va ular kasallik belgilariga aylanadi va hayajon to`lqini omillarning buzilgan va ko’paytirilgan holda namoyon bo`lishi deb qaraydi. Uning fikriga ko`ra xar bir odamda kuchli hayajonlanganda tovushi yo’qolib qolishi, oyog`i qiyshayib qolishi mumkin va hokazo. Isterik shaxslarda butun ruhiy faoliyati labil — beqaror bo`lgani uchun bu buzilishlar juda arzimagan sabab bilan kelib chiqishi va osongina o`rnashib qolishi mumkin.



Download 54.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling