Somoniylar davri musiqiy hayoti
Download 1.33 Mb.
|
Somoniylar davri musiqa madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Nasr al-Forobiy
Tasavvuf yo‘nalishi.
mana shu uch yo‘nalishda olim mutafakkirlar ijod qilib kelgan. masalan, al-Kindiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy o‘z asarlarini dimy-mifologik yo‘nalishda bayon etgan. ibn sino va al-Farg‘oniy esa tabiiy ilm sohasida ko‘p asarlarini yaratishgan va deyarli barcha olim, shoir va musiqachilar o‘z asarlarida tasavvuf yo‘nalishi mayjud edi. qasida va g‘azal kuychisi shoir a.Rudakiy xalq orasida tez shuhrat qozonib, Uning asarlarida o‘sha davrga xos maqtov va sharaflanishdan tashqari ko‘proq erkin mavzular bo‘lgan. Rudakiyning she’riy misralari insonlar qalbidan chuqur joy olganligi ko‘p asarlarda zikr etilgan4. somoniylar davlatida qadimgi epik afsonalar, qahramonlik dostonlari vujudga keldi. “shohnoma” asarining muallifi a.Firdavsiy o‘z asarida aynan shu janrlarga murojaat etib, o‘z zamonida va undan oldingi zamonlarda yashab o‘zining shijoatlari bilan qahramonlik ko‘rsatgan bahodirlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. asarda saroy hayoti o‘tkaziladigan barcha tadbirlar, ziyofatlar, o‘sha tadbirlarda yangragan musiqa asarlari va cholg‘u asboblari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. shuning uchun bu asar o‘rta osiyo xalqlarining ensiklopedik asari hisoblanadi. o ‘rta osiyo musiqiy, nazariy ilmi aynan iX asrdan boshlab rivojlandi. shu yillardan boshlab musiqa haqida risolalar paydo bo‘lib unda falsafiy-estetik qarashlar, matematik va astronomik yondashish, musiqa asboblari to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar beriladi. ayniqsa o‘sha davrda yaratilgan Forobiyning “Kitobul-musiqaul-kabir”, ibn sinoning “Kitob-ush-shifo”, “Kitob-unnajot”, “Donishnoma” kabi asarlari fikrimizning isbotidir. Musiqa bilan she’riy vaznning bog‘lanishi, ovozlarning munosabati, ritm haqidagi ta’limotlar Forobiy va sino asarlarida yaqqol ko‘rsatilgan. albatta, aytib o‘tish joizki, sharq musiqasining ta’limoti yunon olimlari aristotel, Gipokrat, Pifagor, aristoksin kabi yirik mutafakkirlarning qarashlari bilan mushtarakdir. Abu Nasr al-Forobiy – Xi asr mutafakkiri va mashhur olimi, faylasuf abu Nasr alForobiyning sharq musiqa madaniyatida qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning yaratgan asarlari falsafa, matematika, astronomiya, musiqa va aniq fanlarni qamrab olgan. abu Nasr al-Forobiy taxminan 873-950-yillaida yashab ijod qilgan. To‘liq ismi abu Nasr muhammad ibn muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Forobiy5 bo‘lib, Forob shahrida (sirdaryo) tug‘ilib, bolalik davri shu shaharda o‘tgan. Bolalikdan adabiyot, musiqa, aniq fanlarga qiziqib, shu fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun samarqand, so‘ng Buxoro shaharlarda tahsil oladi. manbalarda Forobiy hayoti va ijodiga oid kam ma’lumotlar berilgan, lekin uning iste’dodi, bilimdonligi va nihoyatda kamtarinligi to‘g‘risida ko‘p musiqashunos-tarixchilar o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan, jumladan, taniqli musiqashunos o.matyoqubov “Forobiy sharq musiqasi asoslari to‘g‘risida” asarida quyidagi dalillarni keltirilgan26: Rivoyat qiladilarki, bir kuni Forobiy vazir sohib abbad bilan uchrashish maqsadida Ray shahriga keladi. U nihoyatda oddiy kiyinganligi uchun hech kim tanimas edi. Bir muddat vazir va ashrofzodagonlar orasida o‘tirib, Forobiy xaltasidan “g‘ijjak” ni olib, turli kuylarni ijro etadi. Kuyning birinchi qismi shodlik, xursandchilikdan dalolat berardi, ikkinchi qismi esa qayg‘u hissiyotini keltirardi va oxirida ohang ta’sirida barcha shinavandalarga uzoq uyqu baxsh etardi. Forobiy musiqa asbobining dastasiga “Forobiy keldi, ishtirok etdi va ketdi” degan so‘zlarni yozib ketadi. Uyqudan turgan vazir sohib abbad Forobiy kelganligi va ketganligini bilib, afsusda qoladi. Ushbu fikrlar shundan dalolat beradiki, Forobiy o‘z bilimi va iste’dodi bilan sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, ‘’ikkinchi o‘qituvchi” nomini olgan. yillar davomida Forobiy qadim yunon olimlari Pifagor, aristotel, Ptolomey, aristoksen asarlarini o‘rganib, mutafakkirlarning estetik qarashlar, fabsafiy tadqiqotlari bilan tanishib chiqadi. Forobiyning yaratgan asarlarida Yunon olimlarining fikrlari o‘z o‘rnini topadi. Forobiy tomonidan musiqa sohasiga bag‘ishlangan asarlar bebahodir. Jumladan, “Kitob-ul-musiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi), “Kitob -ul-iqo‘”, “Kalom fil musiqa”, Kitob-fi-iqsa ul-iqoat”, “Kitob fi iqsa al-ulum” Ushbu asarlardan musiqa madaniyatida yuqori o‘rin olgan “Kitob-ulmusiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi) dir. Forobiy bu asarni xalifa Rozining vaziri Karxiy taklifi bilan yaratgan. Bu asarga musiqashunoslar tomonidan yuqori baho berilib, ensiklopedik asar hisoblanadi va asl nusxalari beshta bo‘lib, jahondagi nufuzli kutubxonalarda saqlanadi6. asar ikki katta qismdan (ikki kitob) iborat, birinchi qism sakkiz bobdan, ikkinchi qism to‘rt bobdan iborat bo‘lib, quyidagi tartibda shakllangan7: Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling