Son lаvozim yo‘riqnomаsi


Download 31.89 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi31.89 Kb.
#1035390
1   2   3   4
Bog'liq
1-TOIFALI MUHANDIS

- ATS muhandis xodimlarning faoliyat yo‘nalishiga oid hujjatlarini va hisobotlarni o‘rnatilgan tartibda ishonchli taqdim etish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi;
- Ish samaradorligini oshirish hamda sifat sohasidagi maqsadlarga erishish uchun manzilli va o‘lchamli ish rejalarini ishlab chiqadi va bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlaydi;
- Guruh 1-toifali muhandisi guruh boshlig‘i (oliy toifali muhandis) turli sabablarga ko‘ra ishga chiqolmagan vaqt davomida uning vazifasini to‘liq bajaradi;


3. Huquqlari

3.1 Guruh 1-toifali muhandisi quyidagi huquqlarga ega:


- Bog‘lama rahbariyatidan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni talab qilish;
- Guruhga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun bog‘lama rahbariyati va tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlarni olish;
- xodimlar malakasini oshirish kurslarida o‘qish uchun bog‘lama rahbariyatidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rash;
- aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha rahbariyatga xabar berish va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
- Guruh faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yozishmalar olib borish;
- Guruh vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar berish;
- Guruh faoliyati masalalari bo‘yicha majlislarda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish;
- Yagona jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish.


4. Javobgarliklari

4.1 Guruh 1-toifali muhandisi o‘z zimmasiga yuklangan lavozim majburiyatlarini tegishli ravishda bajarilishiga, shuningdek quyidagilarga javobgardir:


- amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishiga;
- O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarning maxfiyligi, tijorat va boshqa sirlarni saqlash to‘g‘risidagi talablarga rioya etilishiga;
- axborot xavfsizligi bo‘yicha talablarga rioya qilinishiga;
- sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish, ish joylari va barcha xonalar holati mos ravishda saqlanishiga;
- tasarrufidagi moddiy boyliklarning saqlanishiga;
- taqdim etilayotgan hisobot ma’lumotlarining ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilishiga, shuningdek Bog’lama rahbariyati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ko‘rsatmalarni sifatli bajarilishiga;
- ichki tartib qoidalari, yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga.



Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling