Son lаvozim yo‘riqnomаsi


Download 31.89 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi31.89 Kb.
#1035390
1   2   3   4
Bog'liq
1-TOIFALI MUHANDIS

5. O‘zaro munosabatlari

5.1 Guruh 1-toifali muhandis o‘z faoliyati jarayonida quyidagilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi:


- Filialning telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bilan texnik hisob va pasportlashtirishni nazorat qilish uchun mavjud obyektlarning texnik hujjatlar va pasportlashtirishga to‘liq muvofiqligini ta’minlash;
- Kompaniya “Bosh kommutatsiya markazi” bilan mijozlar uchun IP manzillarni ajratish bo‘yicha;
- Bog‘lama texnik masalalari bo‘yicha bog‘lama bosh muhandisi bilan ish rejalari va ularning bajarilishi to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlashda kelishish, ishlarning borishi to‘g‘risida tezkor ma’lumot berish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bog‘lama faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish to‘g‘risida;
- Filialning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bo‘limi bilan texnik shartlar berish, texnik yo‘nalishlarda farmoyishlarni bajarish masalalari bo‘yicha;
- Filial billing markazi bo‘limi bilan texnologik dasturlardan foydalanish va orgtexnika vositalarini ta’mirlash masalalari bo‘yicha;
- Filial personal bilan ishlash bo‘limi bilan xodimlar malakasini oshirish, mehnat ta’tiliga chiqish va ichki tartib qoidalariga amal qilish masalalari bo‘yicha;
- Filial standartlashtirish va sifat menejmenti tizimi bo‘limi bilan me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, joriy etish, yangilash va bekor qilish, normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlash, standartlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiqishda takliflar berish, sifat menejmenti tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan ichki auditda nomuvofiqliklarni bartaraf etish va aniqlash masalalari hamda tegishli hisobotlarni taqdim etish bo‘yicha;
- Filial nazorat va elektron hujjat almashinuvini rivojlantirish bo‘limi bilan ijro intizomi hamda tashkiliy farmoyish hujjatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha;
- Filial 1-toifali yuriskonsulti bilan buyruqlar, farmoyishlar va bo‘limning boshqa tashkiliy-farmoyish hujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy masalalar bo‘yicha;
- Filial ekspluatatsiya va xo‘jalik ishlari bo‘limi bilan o‘rnatilgan talablarga muvofiq zarur xaridlarni amalga oshirish, orgtexnika va ofis jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha;
- Filial mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bosh muhandisi bilan mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va texnika xavfsizligi masalalari bo‘yicha;
- Dispecherlik guruhi bilan bog‘lama boshqaruvi vazifalarini tezkor hal qilish va tezkor yig‘ilish ma’lumotlarni qabul qilish bo‘yicha;
- Filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan yagona jamoa shartnomasida belgilangan imtiyozlardan foydalanish, qo‘mita yig‘ilishlarida qatnashish va takliflar kiritish bo‘yicha;
- Guruh boshqa bo‘limlar, guruh hamda ATS boshliqlari bilan guruh vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ishlaydilar.
Jizzax shahar TB boshligʼi I.Payzullayev
Filial direktorining texnik
masalalari bo’yicha oʼrinbosari R.Hoshimov

Filial 1-toifali yuriskonsulti A.Xolbekov


Filial Personal bilan ishlash boʼlimi boshligʼi B.Nabiyev


Filial Standartlashtirish va sifat menejmenti


tizimi boʼyicha 1-toifali muhandisi N.Mirzaqobilova

Yo’riqnoma bilan tanishdim:


_________________ ________________________ _________________




_________________ ________________________ _________________
Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling