Son so’z turkumi


Download 230.5 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1721835
1   2   3   4
Bog'liq
Son so`z turkumi

Sonning turlari.

  • Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga ajratib, ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi: butun, kasr.
  • 1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligini saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar deyiladi.
  • 2. Butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
  • 3. Butun va kasr son aralash holda qo’llanilsa, kasrli son – aralash son deyiladi: bir butun, o’ndan ikki.

Sonning ma’no turlari.

  • Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra 2 turga ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
  • Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini, sanog’ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko’rsatadi.
  • Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
  • 1. Miqdor sonlar bir turdagi predmetlarning umumiy miqdorini bildiradi: besh, yuz, ming.
  • Miqdor sonlar hisob so’zlari bilan qo’llanadi. Ular ot turkumiga mansub so’zlardir. Hisob so’zlari quyidagi o’lchov birliklarini bildiradi:
  • donalikni: dona, tup, bosh, tuyoq, ...
  • butunning bo’lagini: tilim, chimdim, lagan, savat, qop,...
  • juft predmetlarni: juft, jo’ra, pora.
  • Og’irlikni: grammm, kilogramm, pud, tsentner, tonna;
  • Uzunlikni: m, mm, km, qadam, qarich, odim, enli;
  • Suyuqlikni: litr, stakan, kosa, xovuch, xo’plam;
  • Pul qiymatini: so’m, tiyin, tanga;
  • Yosh o’lchovini: yosh, kunlik, oylik;
  • Vaqtni: asr, yil, daqiqa, hafta, sutka, kun.
  • 2. Dona son. Bir xildagi predmetlarning yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini bildiradi. 2 usul bilan hosil bo’ladi:
  • morfologik usul: miqdor songa – ta qo’shimchasini qo’shib;
  • sintaktik usul: miqdor sondan so’ng donalikni bildiradigan hisob so’zlarini keltirib.
  • 3. CHama son. Predmetning taxminiy miqdorini bildiradi. Miqdor songa –tacha, -larcha, -lab qo’shimchalarini qo’shib va ketma-ket keladigan birlik, beshlik, o’nlik, yuzlik, mingliklarni juftlab hosil qilinadi.
  • 4. Jamlovchi son bir xildagi predmetlarning donalab sanalishidan kelib chiqadigan miqdorni jamlash orqali ifodalaydi. Miqdor songa – ov, -ovlon, - ala qo’shimchalarini qo’shib hosil qilinadi.
  • 5. Taqsim son bir xildagi predmetlarning guruhlanish, taqsimlanish miqdorini bildiradi.
  • Miqdor songa – tadan qo’shimchasini qo’shib, dona sonlarni takrorlash orqali (beshta – beshta, beshta-beshtadan) hosil qilinadi.

Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling