Son soʻz turkumi


Download 249.21 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi249.21 Kb.
#1030707
Bog'liq
Son soʻz turkumi

SON SOʻZ TURKUMI


BILIB OLING.Narsalarning son-sanogʻini va tartibini bildirgan soʻzlar turkumi son soʻz turkumi deyiladi.
Sonlar nechta?, qancha? nechanchi? soʻroqlariga javob boʻladi.
Sonlar otga bogʻlanadi.
Sonlar fe'lga ham
bogʻlanishi ham
mumkin.
Masalan:
Yetti oʻlchab, bir kes.
Qiziqarli ma'lumot.
Qadimda moʻgʻul davlatida tuman
10mingni anglatgan.Hindlarda lak 100 mingni anglatgan.
BILIB OLING.Sonlar ikki guruhga boʻlinadi: 1) miqdor sonlar;
2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga koʻra sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlarga boʻlinadi.
Tartib sonlar narsalarning ketma- ketligini bildiradi. -(i)nchi qoʻshimchasi yordamida yasaladi.
1- mashq. Berilgan gaplardagi sonlarni aniqlang, ularning shakliga etibor bering.
1. Ikki soatlar eshakda yurip, togʻdan togʻga oʻtib andak toliqqan edim. 2. Globusda boʻlgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. 3. Qulupnayning mevasi naviga qarap,uchtadan saksontagacha boʻlishi ham mumkin.
TOPSHIRIQ. Berilgan sonlarni quyidagilarga mostlab joylashtiring.
Oʻn, besh, uchta, yuztacha,uchovi, ikkitadan, uchdan bir.
Sanoq son-
Dona son-
Chama son-
Jamlovchi son-
Taqsim son-
Kasr son-
SAVOL.
1. Son deb nimaga aytiladi?
2. Miqdor sonlar qanday turlarga boʻlinadi?
2- mashq. Nuqtalar oʻrniga quyida berilgan sonlardan mosini qoʻyib,gaplarni koʻchiring.
1. Shaharda ... doktorxona bor. 2. Biz Turkiston tizma togʻining etagida, shahardan ... chaqirim naridagi kichkina qishloqda, turar edik. 3. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ... ogʻiz soʻzlab oʻtsam. 4. ... eksang, ... oʻrasan.
Sonlar: bitta, birni, besh, mingni, bir, ikki-uch, oʻninchi.
Uyga vazifa.
3-mashq. Avval miqdor sonlarni, keyin tartib sonlarni oʻzi bogʻlangan soʻzlar bilan birga koʻchiring.
1.Birinchi badiiy asarim- "Toʻrt maktub" hikoyasi edi. 2.Rossa oʻn olti yil Toshkent oqshomi" gazetasida boʻlim mudiri boʻlib ishldim. 3. Ikki she' r daftarning ikki betida, Bir yonda-aruziy, Bir yonda- barmoq.
Download 249.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling