So‘nggi qo‘ng‘iroq


Download 30.54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1559713
Bog'liq
so\'ngi qo\'ng\'iroq


So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini tantanali qismini o‘tkazish bo‘yicha
namunaviy ssenariy


Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar (Bir qiz va bir o‘g‘il bola)
kirib keladi.
1-boshlovchi: Xazinamsan, taxtim o‘zingsan,
Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan.
Yer yuzining jannati sensan,
Yaratganning san’ati sensan.
Jannatbog‘im, hazratog‘imsan,
Mehrobimsan, sajdagohimsan.
Sen onasan, muqaddas Vatan!
Yagonasan, muqaddas Vatan!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar!
Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!
1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida
so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular
qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan
ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz
uchun chin ma’noda bayram. Bugungi so’ngi qo’ng’iroq tadbirimizning shiori Ilmni qadrlang –Ilmga intiling
Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona
sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.
(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.)
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram
ishtirokchilari qo‘llari ko‘ksida Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib aytishadi)
1-boshlovchi: So‘nggi qo‘ng‘iroq.... Bu jumla har bir ko‘ngilda o‘zgacha
jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida.
4
Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar!
Tabriklash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori ________________ga
beramiz.
1-boshlovchi: Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan
bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini
kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham
muhim ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Endi navbatni 11-sinf qizlari tomonidan tayyorlangan raqsga beramiz marhamat tomosha qiling
1-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar,
dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy
singillarimizning tabrigini qabul qiling.
(boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari) 1a-1b sinflar
Endi navbatni 11-sinf o’quvchilari 1-sinf o’quvchilariga o’z sovg’alarini taqdim rtishadi.
1-boshlovchi: Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi! Qarang, ustozlar ham,
o‘quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda. Ularning yuraklari
shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan
qiyin damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga
shay bo‘lib turibdi.
ularning porlab turgan ko‘zlariga qarab, har
biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to‘lsin, yuragingiz o‘ti aslo o‘chmasin,
insonning eng oliy tuyg‘ulari sizga hamroh bo‘lsin deb qolamiz.
1-boshlovchi: Azizlar, keling navbatni bitiruvchi o‘quvchilarimizga bersak.
Marhamat.
(Sahnaga har bir sinfdan bitiruvchi o‘quvchilar chiqib o‘zlarining dil
izhorlarini aytishadi va o‘zlari tayyorlagan kuy va raqslarini namoyish etishadi.)
Aziz bitiruvchilar sizlarni tabriklash uchun so’zni maktabimizning NNIBDO’ Nishonova D ga beramiz marhamat
1-boshlovchi: Azizlar endi navbatni maktabimizning (yoki boshqa)
4-sinfga beramiz. Marhamat.
2-boshlovchi: Aziz bituruvchilar! Tabriklash uchun so‘z 11-“A” sinf otaonalari
nomidan__________ _________ga.
Marhamat:
1-boshlovchi: Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot,
Ilm-fan ko‘ksida tilab parvozlar.
Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod,
Hamisha qadrli, aziz ustozlar!
Qo‘llarim ko‘ksimda bu kez,
Sizgadir olqishim yurak so‘zlarim.
Otaday talabchan, onaday munis.
Hayot qadar qimmat siz ustozlarim.
1-boshlovchi: Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari
ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz.
Yangrayver qo‘ng‘iroq, o‘chmasin sasing!
Jarangingdan ilhom olib yashaylik.


Bir dam ham tindirmay mag‘rur ovozing!
Kelajakka dadil qadam tashlaylik.
(Davraga so‘nggi qo‘ng‘iroqni chalish uchun 11-sinf o‘quvchisi va 1-sinf
o‘quvchisi taklif etiladi)
So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng bitiruvchilar “Ey chalg‘uvchi
qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘i sadolari ostida davraga chiqadilar.
Shu bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga yakun yasaladi.
(Izoh: Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda
ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumkin).
Prezident tabrigi.
Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling