1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!
1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu-onaxonlarimiz uchun chin ma’noda bayram.
2-boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.
(musiqa sadolari ostida bitiruvchi 9-11 sinf о ‘quvchilari kirib keladi.)
1- boshlovchi: Assalom ona yurt tonglar olkasi
Tarif tavsifingning yoq nihoyasi
Senga bagishlanur muqqaddas qoshiq
Bu ozbek elinig oz madhiyasi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini ko`tarishga maktabninig a`lochi o`quvchilaridan Abduhosimov Shohboz va Toshpo`latova Aqidalarni taklif qilamiz.
(O zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram ishtirokchilari qo llari ко` ksida Davlat madhiyasini jo ‘r bo ‘lib aytishadi)
2-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar! Tadbirni ochib berish uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori Normatov Bekzod Osqaraliyevichga beramiz.
1-boshlovchi: Bitiruvchi o‘quvchilarimizni tabriklash uchun navbatni 5 sinf ijrosida gi raqsga beramiz Marhamat:
2- boshlovchi: Bugun ushbu ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani bir qator mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini -------------------------------------ga bersak.
Do'stlaringiz bilan baham: |