Soniya. Termodinamik harorat birligi – Kelvin


O’lchov va tarozilar xalqaro qo’mitasi hamda, Metr Konvensiyasi


Download 189.5 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi189.5 Kb.
#1599257
1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro birliklar tizimi – SI

O’lchov va tarozilar xalqaro qo’mitasi hamda, Metr Konvensiyasi.
2006 yilda chop etilgan, 8- tahrirdagi (hozircha so'nggi) SI broshyurasi asosida.
O’lchov va Tarozilar Xalqaro Qo’mitasi (O’TXQ) 1875 yilning 20 may kunida, 17 davlat delegatlari ishirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga ko’ra Metr Konvensiyasiga binoan ta’sis etilgan. Konvensiyaga 1921 yilda o’zgartirish va tuzatishlar kiritilgan.
O’TXQ, faran hukimati tomonidan ajartilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 mmaydonda joylashgan shtab – kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining a’zo davlatlari[1] tomonidan moliyalashtiriladi.
O’TXQning asosiy vazifasi butun jahon bo’yicha o’lchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta’minlash; bu borada:

  • Asosiy fizik kattaliklar uchun o’lchov birliklarining fundamental standartlarini o’rnatish hamda, xalqaro prototiplarni saqlash;

  • Milliy va Xalqaro standartlarni muofiqlashtirish;

  • O’lchov texnikalarini mos ravishda muofiqlashtirish;

  • Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va o’lchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muofiqlashtirsh;

O’TXQ, O’lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ta’sis etgan O’lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi (O’TXI) ning qat’iy nazorati ostida ish olib boradi va bajarilgan ishlar yuzasidan mazkur Idoraga hisobot beradi.
Metr Konvensiyasining a’zo davlatlarning delegatlari har to’rt yilda Bosh Konferensiyada yig’iladilar. Bu yig’ilishlarning asosiy vazifasi:

  • Metr tizimining zamonaviysi bo’lgan Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)ni takomillashtirishga taaluqli zaruriy chora–tadbirlarni muhokama qilish hamda ma’lumot almashinish; ma’lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga yetkazish;

  • Yangi fundamental metrologik o’lchamlar natijalari va turli ilmiy rezolyutsiyalarni Xalqaro miqiyosda tasdiqlash;

  • O’TXQ ning rivojlantirish va tashkilotni moliyalashtirishga taaluqli asosiy iqtisodiy maslalarni ko’rib chiqish

O’TXI turli mamlakatlardan saylangan, va har yili yig’iladigan 8 ta a’zo ishtirokchidan iborat; Idora mas’ul hodimlari har yili, Metr Konvensiyasining a’zo davlatlari hukumatlariga O’TXQning yillik ma’muriy va iqtisodiy faoliyatiga oid hisobotni taqdim qiladilar. O’TXIning asosiy printspial vazifasi butun jahon bo’yicha o’lchov birliklarining bir xilligini ta’minlashdir. Idora bu vazifani bajarishni to’g’ridan to’g’ri yoki, O’lchov va Tarozilar Xalqaro Konfernsiyasining ishlab chiqqan dasturlariga binoan olib boradi.
O’z faoliyatini masofa va vazn o’lchov birliklari hamda, ular bilan bog’liq metrologik tadqiqotlar sohasida cheklangan doirada boshlagan O’TXQ, keyinchalik, elektr (1927), fotometriya va radiometriya (1937), ionlanuvchi nurlanishlar (1960), vaqt shkalalari (1988) va kimyo (2000) sohalari uchun ham o’lchov standartlarini joriy etish yo’nalishlarida o’z faoliyat doirasini kengaytirdi. Bu maqsadlarda 1876 – 1878 yillarda dastlabki laboratoriyalar qurilgan va ular 1929 yilda kengaytirilgan; 1963 – 1964 yillarda ionlanuvchi nurlanishlar laboratoriyalari uchun, 1984 yilda laserlar bilan ishlash va 1988 yilda kutubxona hamda idoralar uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2001 yilda ustaxona, idora va majlislar xonalari uchun yangi binolar ochildi.
O’TXQ laboratoriyalarida 41 tafar turli sohadagi fizik va texnik mutaxassislarfaoliyat olib boradilar. Ular asosan metrologik tadqiqotlar, xalqaro birliklarning standartlarni o’zaro muofiqlashtirish va bir o’lchamga keltirish ishlarini olib boradilar. Yillik hisobot, O’TXQning direktorining hisobotlarida ular olib borayotgan ish jarayonlarining tafsilotlari yoritib boriladi.
1927 yilda O’TXI ning ish faoliyat sohalarining kengayishi natijasida O’TXQ, asosiy vazifasi o’z sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va ulardagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berib borish bo’lgan maxsus Konsultativ qo’mitalar tashkil qildi. Ushbu konsultativ qo’mitlar, birliklar bo’yicha olib borilayotgan xalqaro faoliyatni mofiqlashtib turish va ularning maxsus masalalar yuzasidan va tegishli sohalarda bajarilishi nazorat qilib boruvchi, doimiy yoki muvaqqat ishchi guruhlari tuzishi va O’TXI ga tavsiya qilish ishlarini bajaradi.
Konsultativ qo’mitalar umumiy me’yoriy hujjatlar asosida ish yuritadi. Ular nodavriy muddatlarda o’zaro uchrashib turadilar. Har bir konsultativ qo’mitaning prezidenti O’TXI tomonidan tayinlanadi va u odatda O’TXI a’zolaridan biri bo’ladi. Konsultativ qo’mitalarining a’zolari O’TXI tasdig’idan o’tgan metrologiya laboratoriyalari va maxsus institutlar bo’lib, ular o’z a’zolari orasidan Konsultativ qo’mitasi doimiy ish faoliyatida ishtirok etish uchun delegatlar saylaydilar. Hozirda 10 ta shunday konsultativ qo’mitalari mavjud:
1) 1927 yilda ta’sis etilgan Elektr va Magnetizm konsultativ qo’mitasi (CCEM), 1997 yilda unga «Elektr konsultativ qo’mitasi» (CCE) nomi berildi. (CCE);
2) 1933 yilda ta’sis etilgan Fotometriya va Radiometriya konsultativ qo'mitasi – (CCPR). 1971 yilda «Fotometriya konsultativ qo'mitasi» deb yangi nom berilgan. 1930 – 1933 yillarda Fotometriya bilan CCE shug’ullangan.
3) Termometriya konsultativ qo'mitasi – (CCT), 1937 yilda ta’siis etilgan.
4) Masofa konsultativ qo'mitasi – (CCL) 1997 yildan buyon sobiq «Metrni aniqlash» (ССDM) konsultativ qo'mitasi shunday nomlanadi.
5) Soniyani aniqlash konsultativ qo'mitasi (CCDS) – 1956 yilda ta’sis etilgan. 1997 yildan e’tiboran, Vaqt va Chastota konsultativ qo'mitasi (CCTF) deb ataladi.
6) Ionlanuvchi nurlanishlar konsultativ qo'mitasi (CCRI) – 1997 yildan buyon, 1958 yilda ta’sis etilgan «Ionlanuvchi nurlanishlar standartlari bo’yicha konsultativ qo'mita» (CCEMRI) ning yangi nomi. Mazkur qo’mita 1969 yilda to’rt bo’limga ajratilgan:

  1. Rentgen va gamma nurlanishlari, elektronlar;

  2. Radionuklidlarni o’lchash;

  3. Neytron o’lchovlari;

  4. Energiya satndartlari

1975 yilda Energiya standartlari bo’limi tugatilib, uning vazifalari Radionuklidlarni o’lchash bo’limiga yuklatilgan;
7) Birliklar konsultativ qo'mitasi – (CCU) – 1964 yilda ta’sis etilgan. Bu konsultativ qo'mita 1954 yilda tashkillangan Birliklar bo’yicha Xalqaro Komissiyaning o’rnida faoliyat yuritadi;
8) Vazn va u bilan bog’liq miqdorlar bo’yicha konsultativ qo'mita (CCM). 1980 yilda ta’sis etilgan.
9) Modda miqdori konsultativ qo'mitasi: Kimyoviy metrologiya. (CCQM), 1993 yilda ta’sis etilgan.
10) Akustika, Ultratovush hamda Vibratsiya bo’yicha konsultativ qo'mita. (CCAUV) – 1999 yilda ta’sis etilgan.
O’lchov va tarozilar Xalqaro Bosh Konfrensiyasining faoliyatiga doir dalolatnomalar O’TXQ tomonida quyidagi seriyalarda nashr etilgan:

  • O’lchov va Tarozilar Xalqaro Qo’mitasining yig’ilishi haqidagi axborotnoma.

O’TXKning 2003 yildagi qaroriga ko’ra, O’TXQ faoliyatiga doir axborotnomalarni chop etish to’xtatildi, lekin rasmiy veb – saytida joylashtirish davom ettirilmoqda.
O’TXQ shuningdek, metrologiyaning barcha maxsus sohalariga oid birliklarni qo’llashga doir tavsiya va qoidalar jamlangan, davriy yangilanadigan «Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)» nomili maxsus risolani nashr etib boradi.
O’lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ish faoliyatiga oid hisobot – nashrlar «Travaux et Mémoires du Bureau International des Poids et Mesures» 1881 yildan 1966 yilgacha 22 jildda nashr etilgan. O’lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi rasmiy xujjatlari to’plami – «Recueil de Travaux du Bureau International des Poids et Mesures» 1966 yildan 1988 yilgacha 11 jildda chop etilgan. Ushbu nashrlar ham hozirda, O’TXK qarorlariga binoan to’xtatilgan.
O’TXQ ilmiy faoliyatiga taa’uqli ilmiy ishlar ochiq ilmiy adabiyotlar tarzida nashr etiladi va bir yillik nashrlar ro’yxati O’lchov va Tarozilar Xalqaro Qo’mitasi dierktorining yillik hisobotida e’lon qilinadi.
O’lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ta’sischiligi ostida, 1965 yildan buyon chop etilayotgan Metrologia oynoma jurnalida ilmiy metrologiya, o’lchash usullarini takomillashtirish, birliklar va standartlar bilan ishlash kabi yo’nalishlarda turli xil maqolalar, shuningdek Metr Konvensiyasiga muofiq tuzilgan turli Tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan hisobotlar, qaror hamda tavsiyalar chop etib boriladi.

[1] 31 dekabr, 2012 yil holatiga O’TXQga quyidagi 51 ta davlat a’zo hisoblanadi: Argentina, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Chili, Chexiya, Chernogoriya, Daniya, Dominikan, Eron, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Janubiy Afrika Respublkasi, Kamerun, Kanada, KXDR, Koreya (Resp.), Malayzia, Meksika, Misr, Niderlandiya, Noregiya, Pokiston, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Shetsiya, Sheytsariya, Tailand, Turkiya, , Urugvay, Venesuela, Vengriya, Yangi Zealandiya, Yaponiya, Yunoniston, Xitoy.

Download 189.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling