Kelvin – termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.
Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16°K ga teng ekan.
2005 yilda O‘TXI quyidagini ma’qulladi: (Ya’ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)
Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng; 0.0003799 mol17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.
Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma’lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya’ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
t=T – T0
Selsiy harorat shkalasi birligi – Selsiy gradusi, belgisi - °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-O‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat
t(°C)=T(K) – 273.15
ifoda orqali aniqlanadi.
Foydalanailgan adabiyotlar.
1.Strеlkov S.P. Mеxanika . T., 1977 y.
2.Sivuxin D.V. Umumiy fizika kursi .1 tom . T., 1981 y.
3.Raxmatullaеv M . Umumiy fizika kursi . Mеxanika. T., 1995 y.
4.Хайкин С.Э. Физ.основы механики. М., 1971 г.
Do'stlaringiz bilan baham: |