Сонли ҳАҚ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси


Download 164.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi164.34 Kb.
#1147135
1   2   3   4   5
Bog'liq
offerta

 
3. SHARTNOMA MUDDATI 
3.1. Shartnomaning amal qilish muddati 2023-yil ____________dan 2023-yil 31-dekabrgacha
(yil, kun, oy, muayyan ishni bajarish vaqti). 
 
4. XIZMAT HAQI VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI 
4.1. Bajarilgan ish uchun xizmat haqi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga 
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli majlis bayoniga ko‘ra 
“Buyurtmachi” tomonidan test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.
4.2. Xizmat haqi to‘lash uchun Agentlik tomonidan rasmiylashtiriladigan tabel asos 
bo‘ladi. 
 
 



5. FORS-MAJOR HOLATLARI 
5.1. Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligiga fors-
major (kasallik, yaqin qarindoshining vafot etishi va boshqa shunga o‘xshash holatlar, 
shuningdek, test jarayonining o‘tkazilmay qoldirilishiga sabab bo‘luvchi yong‘in, suv toshqini
epidemiya va boshqa shunga o‘xshash holatlar) sabab bo‘lsa, taraflar o‘z majburiyatlaridan ozod 
qilinadilar. 
5.2. Agar fors-major holatlari paydo bo‘lsa, taraflar bir-birlarini o‘z vaqtida, ya’ni test 
jarayoni o‘tkazilishi belgilangan vaqtdan kamida bir kun oldin yozma, og‘zaki yoki aloqa 
vositalari orqali xabardor qilishlari shart. 
6. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Test sinovlarini o‘tkazishda guruh nazoratchilari tomonidan: 
-talabgorlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, 
telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilar berilishi yoki ishlatishga imkoniyat 
yaratilishi yoxud foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovidan chetlashtirmaslik;
-o‘ziga biriktirilgan guruhda talabgorning o‘rniga test sinoviga boshqa shaxsning kirishi 
yoki o‘zga shaxsning pasporti (yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjati) bilan test sinovida ishtirok 
etishga urinish holatlari aniqlanib, bu holatni Bajaruvchi tomonidan bee’tibor qoldirish; 
-talabgorni test sinovidan chetlashtirish uchun asos bo‘luvchi holat aniqlanganda bino 
rahbarini xabardor qilmaslik hamda qoida buzgan talabgorni test sinovidan chetlashtirmaslik, 
javoblar varaqasining tegishli bo‘limini rasmiylashtirmaslik qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
6.2. Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun 
taraflar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
6.3. Ushbu shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar 
muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilinadi. Muzokaralar natijasida kelishuvga erishilmagan 
taqdirda, nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hal qilinadi. 

Download 164.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling