Сонли ҳАҚ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси


Download 164.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.02.2023
Hajmi164.34 Kb.
#1147135
1   2   3   4   5
Bog'liq
offerta

1. SHARTNOMA PREDMETI 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 
orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi 130-
son va 3-apreldagi 261-son, 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarorlariga va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq oliy va professional ta՚lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish 
bo‘yicha hamda Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan boshqa test sinovlarida guruh 
nazoratchilarining xizmatidan foydalanish hamda bu sohada taraflarning huquq va 
majburiyatlarini belgilashdan iborat.
Bunda shartnoma tuzishga nomzodlarning tegishli talablarga muvofiqligi o‘rganib 
chiqilgach,
nomzodlar maxsus dastur asosida malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy 
nazorat sinovidan o‘tkaziladi hamda yakuniy nazorat sinovida 65 balldan yuqori ko‘rsatkichga 
ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikat beriladi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
viloyatlardagi bo‘limlarda – sertifikatga ega nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat 
natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuzilgan 
hisoblanadi. 
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
2.1. Agentlikning huquqlari 
2.1.1. Bajaruvchi bilan shartnoma tuzish maqsadida belgilangan tartibda hujjatlarni 
yuklashini (Bajaruvchi tomonidan shartnomaga ilova sifatida yuklanadi) talab qilish. 
2.1.2. Bajaruvchidan mazkur shartnomada belgilangan vazifalarni bajarishini talab qilish. 



2.1.3. Vaziyat taqozo qilganda bajaruvchiga test jarayonini o‘tkazish bilan bog‘liq, ushbu 
shartnomada belgilangan vazifalardan tashqari boshqa vazifalarni bajarishni yuklash. 
2.1.4. Mazkur shartnomada Bajaruvchiga yuklatilgan vazifalar lozim darajada 
bajarilmaganda yoki Bajaruvchi tomonidan Nizom talablari buzilganda Bajaruvchiga nisbatan 
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bir kunlik ish haqining ___% miqdorida 
jarima qo‘llashdan shartnomani bekor qilishgacha bo‘lgan choralar qo‘llash.
2.1.5. Test o‘tkazish jarayonida Bajaruvchining o‘z vazifalarini lozim darajada 
bajarmagani, Nizom talablarini qo‘pol tarzda buzgani uchun test jarayonidan chetlashtirish. 
2.1.6. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan boshqa huquqlarga ega 
bo‘lish. 

Download 164.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling