Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish


Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish


Download 276.4 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi276.4 Kb.
#1414814
1   2   3
Bog'liq
Sopol materiallar ppt

Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish


Sopol materiallar va buyumlar turli-tuman o‘lchamga, shaklga, fizik-mexanik xossalarga ega bo‘ladi va turli maqsadlarda foydalaniladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy bosqichlari taxminan bir xil bo‘ladi va xom ashyo materiallarni qazib olish, xom ashyo massani tayyorlash, qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish va omborda saqlashni o‘z ichiga oladi.
Gil qazib olish. Sopol materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun gil, odatda, bevosita korxona yaqinida joylashgan ochiq konlardan ekskovatorlar va boshqa mashina hamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Korxonaga gil kuzovi ag‘dariladigan vagonetkalarda, rels yo‘llarda, avtosamosvallar, tasmali transporterlar, kanat yo‘l vagonetkalari va transportning boshqa turlari bilan tashiladi.
Xom ashyo massasini tayyorlash va qoliplash. Kondan qazib olingan va korxonaga tashib keltirilgan gil tabiiy holatda, odatda, buyumlarni qoliplash uchun yaroqsiz bo‘ladi va tabiiy tuzilishini o‘zgartirish zararli aralashmalardan tozalash, yirik aralashmalarni maydalash, gilga qo‘shil-malar aralashtirish, shuningdek, qulay qoliplanadigan massa hosil qilish uchun esa uni namlash kerak.










1-rasm. YAxlit sopol g‘isht. 1-o‘rindiq; 2- lojok (bo‘ylama yon sirti); 3-to‘chok (ko‘ndalang yon sirti)

2-rasm. a (19), b ( 32), v (13) va
g (28)ta kovagi bor sopol g‘ishtlar.



G‘ishtli devor panellar-muayyan o‘lchamli sanoat buyumlari bo‘lib, ular aloxida g‘isht yoki sopol tosh va sement-qum qorishma bilan yaxlit qilib sementlab briktiriladi. Vazifasiga ko‘ra tashqi va ichki devorlar uchun moslangan panellar, shuningdek, maxsus panellar (poypeshbop, ventilya-siyabop va boshqalar) bo‘ladi.
Tashqi devorlarning g‘isht panellari bir, ikki va uch qatlamli qilib, 140-280 mm qalinlikda tayyorlanadi. Yirik kovakli va tirqishli katta toshlardan yasalgan bir qatlamli panellar istiqbolli hisoblanadi, bino ichki devorlarning panellari oddiy g‘ishtdan bir qatlamli qilib teriladi va metall sinchlar bilan armaturalanadi. Panellarning umumiy qalinligi 140 mm bo‘lib, bunga g‘isht qalinligi (120 mm) va ikki tomondagi qorishma qatlami (10 mm dan) xam kiradi.
Ikki qatlamli panellarning bir qavati 1/2 g‘isht (qalinligi 120mm) va ikkinchi qavati issiq saqlovchi materialdan (qalinligi 120mm gacha) tayyorlanadi.
Uch qatlamli panellarda ichki va tashqi qatlamlari g‘ishtdan bo‘lib, har birining qalinligi 65mm, o‘rtadagi qatlam qalinligi 17...130 mm bo‘lib issiq saqlovchi materialdan qilinadi.
Panellarning mustaxkamligini oshirish va zilzilabardoshligini ta’minlash uchun ularning girdi hamda deraza romlarining atrofi po‘lat armaturali sinchlar bilan armaturalanadi. Panellarni terishda markasi 75 dan kam bo‘lmagan sementli qorishmalar ishlatiladi.







3.5-rasm. Gilam nusxa-koshinkor quy-ma sopol plitkalar

3.6-rasm. Pollar uchun mo‘ljal-langan yirik o‘lchamli sopol plitkalar

Download 276.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling