Sorbsiya konsentrlash usuli sifatida, sorbsiyaning o‘ziga xosligi


Download 89.91 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi89.91 Kb.
#1150881
1   2   3   4
Bog'liq
Сорбция (1)

Odatdagi aktivlangan ko‘mir

Oksidlangan aktivlangan ko‘mir



Odatdagi ko‘mir - anionalmashtirgich



Oksidlangan aktivlangan - kationalmashtirgich



4.3-rasm. Oddiy va oksidlangan aktivlangan ko‘mir sirtidagi jarayonlar
Aktivlangan ko‘mirning sorbsion xossalarini kompleks hosil qiluvchi moddalar qo‘shish bilan yaxshilash mumkin, ularni shunday tanlanadiki, bunda makrokomponentning adsorbsiyasi mikrokomponentning kompleksini sorbsiyasiga nisbatan juda kam bo‘lishi kerak. Kompleks birikmalarni konsentrlash va ajratishning effektivligi ularning barqarorlik konstantasi bilan, ligandlarning tuzilishi va komplekslar zaryadi bilan aniqlanadi. Uni analiz qilinadigan eritmaga yoki bevosita aktivlangan ko‘mirga kompleks hosil qiluvchi agent qo‘shish bilan effektivligi oshiriladi. Masalan Yakvert kumush metali va talliy nitrati tarkibidagi Bi, Co, Cu, Fe, Zn va Pb mikromiqdorlarini atom-absorbsion aniqlash uslubini taklif etgan. Bunda bu mikroelementlar ksilenol zarg‘aldog‘i bilan barqaror xelatlari hosil qilingan va filtrga o‘rnatilgan aktivlangan ko‘mir qavati adsorbilangan. Kiritilgan konsentrat nitrat kislota bilan ishlov berilgan va sentrifuga qilingandan keyingi eritma atsetilen havo aralashmasi alangasiga kiritilgan. Bunday ishlarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan Belgiyalik kimyogarlar Ag, Co, Cr, Cu, Hf, Fe, Al, Nb, Bi, Mn, Ni, Pb, Re, Sc, Tl, Zn, Zr, Ti, V, Mo, Pd, Hg, Ta, Sn va siyrak er elementlarini konsentrlashda (ularni 8-oksi-xinolyatlarga aylantirgandan so‘ng aktivlangan ko‘mirdan foydalanganlar. Bunda konsentrlash koeffitsienti 104 darajagacha etgan, aniqlash rentgenfluoressent analiz orqali amalga oshiriladi.

Download 89.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling