Sotilmasin!
Download 1,42 Mb. Pdf ko'rish
|
Life management Maykl Rouch @bookshelf pdf
“Hayot g`ildiragi”
Inson zoti 50.000 yildan buyon juda ko`plab proyektlarni amalga oshirishiga to`g`ri keldi. Ko`plab binolar qurdi, qirolliklar barpo bo`ldi, ixtirolar qilindi. Ammo, inson zoti haligacha har bir ishini 100% muvaffaqiyat bilan yakunlashni bilmaydi. Biron ishni qilishni boshladik, yoki biron muammoga atiga birgina yechim ko`ramiz va o`sha yechimdan umid qilamiz. Ya`ni qalbimiz tubida baribir u ish o`xshamay qolishi mumkinligini ham bilamiz. Inson zoti hech qachon o`ziga ishonishni bilmagan va hamisha ishonchsizlik bilan ishga kirishgan. Har qanday holatda ham, u hech qachon 100% mana shu ish bo`ladi, demagan, u shunchaki taxmin qilgan, qolaversa mag`lubiyat varianti ham tark etmagan. Aynan shu ishonchsizlik 50.000 yildan buyon insonlar o`rtasidagi ulkan negativ portlashlarga sababchi bo`lmoqda. Endi bir on tasavvur qilib ko`ring, mana shu taxminlar, shubhalar zamoni o`tib ketdi. “Omad kelib qolar” o`yini yakuniga yetdi, u o`tmishda qoldi. Endi bundan buyon, hayot butunlay boshqacha bo`ladi, barcha qilgan ishlaringiz muvaffaqiyatli yakuniga yetadi. Taxminlar, shubhalar, umidlarga hech qanday o`rin yo`q. Bu holatda, bizning ongimiz biroz erkinlik his qiladi. Xuddi qamoqxonadan chiqqandek yengillik his qiladi. Donishmandlarning bir gapi bor: “Maxbusni qamoqxonada ushlab turadigan bir narsa bor – u ham bo`lsa, u o`zini qamoqxonada ekanini bilmasligidir”. Qani, azizlar, erkinlikka chiqadigan fikr keldi. 5 Hozirda 8 milliard aholi aynan shunday: “Omad kelib qolar” o`yini bilan mashg`ul, shu sabab 10ta yangi ochilgan kompaniyadan 9tasi bankrotga uchraydi. Yoki bozorda 3 yil ham turib bera olmaydi. Bundan ko`rinib turibdiki, 50.000 yillik insoniyatning bilimsizlik katastrofasi hamon ishlab kelmoqda. Bundan kelib chiqadiki, inson zoti haligacha Ana endi ishonchni qo`lga oladigan vaqt keldi. Erkinlik sari olg`a!!! Vazifa: Hayotga biroz real ko`zlar bilan qarang, “omad kelib qolar” o`yinini bas qiling. Mana shu haftada qaysi ishlarni tugatmoqchisiz va ularning muvaffaqiyatli tugallanish foizi qancha, aniq yozing. Misol uchun: Mana shu hafta yangi dasturni tugatmoqchiman va tugallanish foizi 50%. Yoki ushbu hafta 1000ta mahsulotimni sotib ulgurmoqchiman va tugallanish foizi 70%. Endi esa, biroz xotirjamlashib, mana shu noaniqlik hayotingiz qanday zo`riqish olib kirayotgani haqida biroz fikrlab ko`ring. So`ng esa, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini 100%ga chiqarib qo`ying va mana shu holatni qanday bo`lishini his qilib ko`ring. Download 1,42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling