Sotilmasin!
-kun. Sabab ortidagi sababni qidirib toping
Download 1,42 Mb. Pdf ko'rish
|
Life management Maykl Rouch @bookshelf pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Knopka Telefon Sabab Natija
3-kun. Sabab ortidagi sababni qidirib toping
9 Demak, biz yuqoridagi fikrlarni davom ettirgan holatda, keyingi darajaga o`tamiz. O`tgan seansdan xulosa shunday bo`ldi: “Agar siz qilayotgan ish, goh natija berib, goh natija bermayotgan bo`lsa. Demak, bu ishingiz yo harakatingiz umuman foyda bermaydi hamda natija ko`rsatmaydi.” Bizga 100% muvaffaqiyat hamda 100% g`alaba kerak. Natija 100% o`zini oqlashi shart. Demak, fikrlash bo`yicha yana shug`ullanamiz. Sabab ortidagi sabab – asli oddiy ko`ringani bilan, uning ichiga kirsangiz, barcha muammolaringiz avtomatik tarzda hal bo`lib ketadi. Ushbu qoida juda kuchli quvvatga ega. Uni oddiyroq qilib tushuntirishga harakat qilaman. Biz biryoqlama fikrlashga o`rganib qolganmiz. Endi esa sal kengroq fikrlashni boshlaymiz. Odatiy ishlarga oddiy xulosa chiqarganimiz sabab stressda yuramiz. Tasavvur qiling, telefoningiz istagan vaqti o`chib, istagan vaqti yonishi mumkin. Siz telefondagi yoqish tugmasini bossangizgina, telefon yonadi va ishlashni boshlaydi. Biz esa ayni shu tugma, telefonni yondiradi, deb hisoblaymiz. Bu teppa darajadagi baholash. Asl sabab esa uning ostida yotadi. Telefon istagan vaqt o`chib qolishi mumkin. Telefonni knopkasini bossangiz, telefon yonmadi. So`ng hayratga kela boshlaymiz. Knopka bosilmadi, telefon yonmadi. Hisob-kitob shu tarzda yo`lga qo`yiladi. Biz telefon yonmaganiga sabab, telefon knopkasi, deb o`ylaymiz. Aslida esa asl haqiqat telefon ortida berkitib qo`yilgan kuygan batareykada bo`lishi mumkin. Knopka Telefon Sabab Natija 10 Mana shu uslubda inson fikrlaydi. Aslida esa asl sabab ichkarida, ya`ni ko`zga ko`rinmaydi. Demak, teppadan fikrlashni to`xtatib, sabab ortidagi sabab, ya`ni ikkinchi sababni, haqiqiy sababni qidirib topishni o`rganamiz. Birinchi ko`ringan sabab, u shunchaki soxta sabab, asl sabab esa ikkinchisi bo`lib chiqadi. Ya`ni muammo telefon knopkasida emas, asl muammo tugagan batareykada. Endilikda, sizda bo`layotgan ko`plab muammolarning sababini yechsa bo`ladi. Aytaylik, sizning ishlaringiz yurishmayapti, bunga turli xil sabablar bo`lishi mumkin, bu holatda ikkinchi sabab nima? Aynan, hamma narsaning sababini sababi – bu karma. Karma – bu siz gapirgan, o`ylagan va qilgan ishlaringizning barchasi. Chunki, ularni aynan siz qilgansiz. Ularning barchasi ongimizning tub qismiga yozib qo`yiladi va o`chmay turaveradi. Kun davomida ular ikki karra o`sadi va bir kuni ular o`sgan holda o`zini ko`rsatadi. Karmani qaytar dunyo yoki taqdir, deb nomlasa ham bo`ladi. Lekin, karma – bu hamma narsa, hamma narsaning boshi ham, oxiri ham, sababi ham u. Aynan u asl sabab hisoblanadi. Download 1,42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling