Internet marketingdagi asosiy strategiyalari quyidagilar:
~ Virusli marketing– bu qiziqarli video va kontentlarning tez tarqalishi.
~ PR (Jamoatchilik bilan aloqalar) – ma’lum bir brend, kompaniya, korxona atrofida OAV (ommaviy axborot vositalari) ning yig’ilishi va ijtimoiy tarmoqlarda shov shuvlar yaratish
~ Har tomonlama – o’z yo’nalishingizga mos barcha reklamalarni birgalikda yurg’izish.
. Amazon kompaniyasi marketing faoliyati haqida tushuncha
Pandemiya davrida Amazon avvalgi uch yilga qaraganda koʻproq foyda oldi.Amazon kichik kitob bozoridan 5 asosiy biznesni rivojlantiradigan koʻp tarmoqli ekotizimga aylandi: chakana savdo, logistika, isteʼmol texnologiyalari, bulutli hisoblash, ommaviy axborot vositalari va koʻngilochar dasturlar.Amazon dunyodagi eng yirik davlat kompaniyalari roʻyxatida Xitoyning Alibaba Group ekotizimidan oldinda. Ular toʻrt oʻlchov boʻyicha taqqoslanadi: sotish, foyda, aktivlar va bozor qiymati. Daromad jihatidan faqatgina Walmart raqamli ekotizimini rivojlantirayotgan Amazonʻdan oldinda.
Amazon qanday qilib pul ishlaydi?
Birinchi oʻrin. Tovar va raqamli kontentlarning onlayn savdosi 2020-yilda Amazon uchun eng koʻp pul olib keldi — barcha sof savdoning 51 foizi. Bular : Amazon, Amazon business, Amazon warehousr, Amazon renewed, Amazon global store, Handmade, Amazon appstore.Amazonʻda nafaqat veb-sayt va bozordagi dastur, balki kiyim-kechak, elektronika va kitoblarni sotish uchun ixtisoslashgan onlayn platformalar mavjud. Bular: Zappos, 6pm, Shopbop, East Dane, Woot, Book Depository, AbeBooks.
Do'stlaringiz bilan baham: |