Sotsial institut sifatidagi funksional nazariyalari, funksionalizm
ASOSIY QISM Funksionalizm, Sotsial institut tushunchasi
Download 53.95 Kb.
|
4 – Mavzu. Sotsial guruh va sotsial institut
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari sotsial guruh turlari: sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, referent GURUHLAR va boshqalar
- Katta va kichik guruhlar
ASOSIY QISM
Funksionalizm, Sotsial institut tushunchasi FUNKSIONALIZM — 20-a. meʼmorligidagi bino va inshootlarning maishiy ehtiyojlar, i. ch. talablariga javob beradigan qilib qurishni talab etuvchi yoʻnalish. Funksionalizm qurilish texnikasi yutuqlaridan keng foydalandi, yangicha loyhalash usullariga eʼtibor qaratdi. Funksionalizm 20-a. boshida paydo boʻldi. Asoschilari — amerikalik meʼmor L. G. Salliven va Funksionalizm Rayt. F. ratsionalizm tarafdorlari boʻlgan Gʻarbiy Yevropa meʼmorlari tomonidan qoʻllabquvvatlandi, kridalari Fransiyada Le Korbyuzye, Germaniyada meʼmorlar V. Gropius, L. Mis van der Roe, X. Meyer va b. tomonidan rivojlantiriddi va targʻib qilindi. F. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Yaponiyada keng tarqalib, «xalqaro uslub»ga aylandi. «Funksionalizm» atamasi ilk bor shvetsiyalik meʼmorlik nazariyotchisi 3. Gidion tomonidan qoʻllangan. 1930-y. lardan Finlyandiya (A. Aalto va b.), Shvetsiya (S. Markelius va b.)da Funksionalizmga asoslangan mamlakatning milliy xususiyatlariga moslashtirilgan usullar ishlab chikildi. 2 jahon urushidan keyin 1939—45 ylarda vayron boʻlgan shaharlarni tiklaщsa Funksionalizm taʼsiri kayta jonlandi, birok «xalqaro uslub» butunlay barham topdi. Funksionalizmning asosiy talablariga brutalizm, neoklassitsizm tarafdorlari qarshi chiqdi. Zamonaviy meʼmorlik nazariyasida Funksionalizm ustalarining merosi (asosan, 1930y. lar meʼmorligi bilan bogʻliq boʻlgan tamoyillar)ni diqqat bilan oʻrganish anʼanalari ustunlik qiladi, ayni bir paytda Funksionalizm tarafdorlarining ijtimoiy utopik (meʼmorlik yordamida jamiyatni oʻzgartirishga umid kilgan) qarashlari tanqid qilindi. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari sotsial guruh turlari: sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, referent GURUHLAR va boshqalar Sotsial (ijtimoiy) guruh – individlar majmui. Ijtimoiy guruhga mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi. Avstriyalik sotsiolog L.Gumplovich o‘zining 1899-yilda yozilgan “Sotsiologiya asoslari” kitobida “sotsiologiyada o‘rganish elementlari va birliklari sotsial guruhlar sanaladi”, deb yozgan1. “Sotsial olamning haqiqati shundan iboratki, u avvalboshdan guruhlarning harakati asosida mavjud bo‘lgan jamiyatdagi sotsial muammolarning yechimi sotsial guruhlarning barqaror o‘zaro aloqalaridir”. Gumplovichning fikricha, aynan guruhlar individning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi. G.S.Antipinaning fikricha, “sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo‘lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko‘ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyushmasi hisoblanadi2”. Shunday qilib, sotsial guruhlar deyilganida, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi asosida bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlik tushuniladi3. Sotsial guruhning asosiy belgisi, ularni ijtimoiy harakter xususiyati bir-biriga yaqinlashtiradi. Guruh a’zolari boshqalardan kutmaydigan ma’lum xatti-harakatlarni bir-biridan kutadilar. Sotsial guruh turlari: Katta va kichik guruhlar. Rasmiy va norasmiy guruhlar. Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Inguruh va autguruh. Referent guruhlar. Kvazi guruhlar. Qon – qardoshlikka asoslangan guruhlar. Bu guruhlarning har biri haqida qisqacha to‘htalamiz. Katta va kichik guruhlar: 1) Katta guruhlar – katta miqdordagi a’zolarga ega bo‘lgan, turli aloqalar xillariga asoslangan ijtimoiy guruhlar. Masalan, O‘zbekiston xotin-qizlar tashkiloti va h.k. 2) Kichik guruhlar – o‘zining a’zolari o‘rtasida bevosita aloqa va munosabatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh (masalan, oila va h.k.). Bugungi kunda kichik guruhlarni o‘rganuvchi sotsiologiyaning bo‘limi – mikrosotsiologiya deb ataladi. Kichik guruhlarni o‘rgangan olimlar qatorida Dj.Xomas, R.Merton, R.Beylz muhim o‘rin egallaydi. Mikrosotsiologiya doirasida kichik guruhlarni o‘rganish natijasida uchta yo‘nalish tashkil topdi: sotsiometriya, guruhiy dinamika va bixevioristik yo‘nalish4. Ilmiy adabiyotlarda kichik guruhlarga berilgan ta’riflar soni yuzdan ortiq. Odatda olimlar kichik guruhlarning quyidagi xususiyatlarini alohida ta’kidlashadi5: Kichik guruhlar deganda, bir necha o‘nlab a’zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi6. Download 53.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling