Sotsial-iqtisodiy kartalar turlari


Aholi va aholi punktlari kartasi


Download 36.27 Kb.
bet2/3
Sana21.09.2023
Hajmi36.27 Kb.
#1683826
1   2   3
Bog'liq
amaliy 10 yangi

2. Aholi va aholi punktlari kartasi
O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy kartog‘rafiya Mustaqillikdan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy kartog‘rafiyada hamda bu fanlarning boshqa tarmoqlarida o‘zgarishlar sezilarli bo‘ldi. Ijtimoiy-iqtisodiy kartog‘rafiya mavzusi kengaytirilishida kartalar mazmunining chuqurlashtirilishida ularning ilmiy va amaliy yo‘nalishida birmuncha ishlar qilinsada xal qilinayotgan vazifalarning turiga qarab jami xalq xo‘jaligi sohasini qamrab oluvchi integral kartalar zarurligi sezilib qoldi. O‘zbekistonda 1994 yilgacha o‘rta maktablar va keng o‘quvchilar ommasi uchun nashr etilgan umumiqtisodiy kartalar mazmuniga ko‘ra hozirgi kun talabiga javob bermas edi. Ularda respublika iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va ularni o‘sha vaqtdagi xolatni ifodalovchi miqdor ko‘rsatkichlari amalda kam keltirilgan. Mustaqillikdan so‘ng 1994 yilda T.Mirzaliev tomonidan o‘rta va oliy maktablar uchun yangi ―Umumiqtisodiy karta‖ (1:1000 000 masshtabda) yaratilgan. Unda muallif taklif etgan yangi uslubiy yondashuv qo‘llanilgan. Natijada sanoat tugunlarida ishlab chiqarilgan yalpi sanoat mahsulot hajmi punsonda (so‘m hisobida) tasvirlangan: rang bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tarkibi ko‘rsatilib, punson markazida esa mazkur sanoat tugunidagi aholi soni berilgan. SHunday qilib, kartada aholi soni, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi va shahar sanoat tugunini tarkibi haqida ma‘lumot berilgan. Ilgari nashr etilgan umumiqtisodiy kartalarda qishloq xo‘jalik rayonlarining ixtisoslashganligi rang va badiiy belgilar ifodalangan edi xolos. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotning miqdori esa ko‘rsatilmas edi. Yangi uslubiy yondashuv asosida tayyorlangan kartada viloyatlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotining miqdori va tarkibi va karta legendasi berilgan. Legendada undiruvchi sanoat mahsulot miqdorini ko‘rsatuvchi belgilar bilan ifodalangan. Respublikadagi elektr stantsiyalar birinchi bor to‘rtta darajada (juda yirik, yirik, o‘rta va mayda) ko‘rsatilgan. Elektr uzatish liniyalari esa quvvati bo‘yicha tasvirlangan (chiziqning yo‘g‘onligi uning quvvatini bildiradi). Endigi vazifa-xalq xo‘jaligi strukturasining asosiy elementlarini, rivojlanganligini qiyosiy shaklda ifodalashga, hududiy yaxlit birikmalarni turli xil tartibdagi murakkab xo‘jalik tizimilari sifatida ajratishga imkon beruvchi, integral va tipologik yondashuv asosida to‘zilgan umumiqtisodiy kartlarni yaratishga qaratilgan.

Download 36.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling