Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 
Kuzatish, qo’shilib kuzatish, tashqi kuzatish, muhim vaziyatlarni qayd etish, 
kontent-analiz, so’rov metodi, test, ijtimoiy-psixologik test, psixometrika, 
eksperiment, proyektiv metod. 
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Ijtimoiy psixologiyada kuzatish metodi qanday qo’llaniladi? 
2. 
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining asosan nechta 
mavjud? 
3. 
“Qo’shilib kuzatish” nima va qanday amalga oshiriladi?
4. 
“Tashqi kuzatish” nima va qanday amalga oshiriladi? 
5. 
“Muhim vaziyatlarni qayd etish” nima va qanday amalga oshiriladi? 
6. 
Kontent-tahlil nima va qanday amalga oshiriladi? 
7. 
So’rov metodlari ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda qanday turlari va qay 
tarzda amalga oshiriladi? 


50 
8. 
Ijtimoiy-psixologik testlarning qanday turlari ijtimoiy psixologiyada 
qo’llaniladi? 
Bibliografiya 
1. 
David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, 
Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 
2. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 
2012. – 172 b. 
3. 
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е 
междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 
4. 
Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – 
Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 


51 
4.1. Muloqot va shaxslararo 
munosabatlar psixologiyasi 
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar 
ichida yetakchi o’rinni egallab, u insondagi eng
muhim ehtiyojni – jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’-liq 
ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati 
kattadir.
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga 
kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari 
(mehnat, o’qish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir 
shakllarini o’z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til 
topishishini, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi 
murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning 
jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqiyati, orttirgan obro’si uning 
muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashda osonga o’xshagan shaxslararo muloqat jarayoni aslida juda 
murakkab bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning 
psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: 
“Muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar 
kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling