Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

bosh tortish – nizoga nisbatan shunday reaksiyaki, bunda nizoga 
guvoh bo’lganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan 
bosh tortadilar. Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqti yo’qligini, 
imkoniyat yo’qligini, nizoning sababi arzimas holat ekanligini vaj qilib, uni hal 
qilishga aralashishdan bosh tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo’lgan 
nizo vaqt o’tishi bilan o’z o’zidan yechimini topadi, odamlar insofga kelib qoishiga 
umid qiladi; 
2) 
tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga 
“ko’ndirish”, moslashtirish va shu yo’l bilan o’zining ham muayyan manfaatlarini 
himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” 
degan naqlda nizoga aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go’yoki 
“o’zni qurbon qilib” bo’lsa ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha 
imkoniyatni yaratadi; 
3) 
kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-
atvori va fikrlarini muhokama qilish yo’li bilan ikkala tomon uchun ham ma’qul 
bo’lgan yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga 
aralashgan shaxs ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo’l qo’yilgan 
xatolarni ochiq, xolis o’rtaga tashlaydi va eng ma’quli – o’ar bir shaxs o’z burch va 
mas’uliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala 


72 
tomonda xosil bo’lgan tanglik ma’lum ma’noda yumshaydi va oqilona qarorlar 
qabul qilish imkoniyati tug’iladi. Nizokashlar janjal bo’lgandan ko’ra yomon 
bo’lsa ham bir qarorga kelinganligidan xursand bo’lib, o’z fikrlaridan ma’lum 
ma’noda qaytadilar, vaqt o’tgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib 
ketishi mumkin. Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo’lini tutgan oilaning katta 
a’zosi yoki erkak kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning 
“bir gapdan qolishi” katta rol o’ynaydi; 
4) 
raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi 
hisobiga boshqasining batamomo yengilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men 
yutishim uchun sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustuvor bo’ladi. 
Bunday usul albatta, psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto’g’ri bo’lsa ham, 
ayrim holatlarda masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori 
yoki irodasining kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin. Masadan, oilaviy majoroda 
kelin agar nohaq bo’lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va 
ushbu vaziyatda baribir qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini 
qildirishi yosh kelinchakning kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa 
qaytarmasligi uchun saboq bo’lishi mumkin; 
5) 
hamkorlik – bu nizoni hal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala 
tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqaran muammodan ustun 
qo’yiladi. Bunday holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga 
olinmasligi, ikkinchi toomnning boshqa manqaatini yerga urishini tushungani 
uchun ham murosa yo’li to’g’ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga 
teng kirishish lozimligi fikriga kelib to’xtaydilar. 
Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va 
yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko’ra, ushbu vaziyatda ishtirok 
etayotgan insonlarning unga nisbatan subyektiv munosabatlariga bog’liq bo’ladi. 
Shuning uchun ham har qanday nizoli, ziddiyatli holatlarda unga aloqador bo’lib 
qolgan insonlar quyidagi qoidalarni yodda tutishlari lozim: 
1. Nizoli vaziyatda aql emas, balki hissiyotlar ustun bo’lishini unutmang, 
hissiyotlar esa odamning jahli chiqib, aqli ketib qolishiga turtki bo’ladi va u o’z 


73 
xatti-harakatlari va gapirayotgan so’zlarini nazorat chilish qobiliyatidan mahrum 
bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan shu qilgan ishingiz uchun o’zingiz qattiq aziyat chekib, 
xijolat bo’lib qolishingiz mumkin. Shu bois ham ishdami, oiladami yoki 
jamoatchilik joylaridami odamlar bilan muloqot qilganda, ularning insoniy 
nafsoniyatiga tegadigan, sha’ni va oriyatiga tegib ketadigan mulohazalardan 
o’zingizni saqlang, o’zingizni o’zgalardan ustun qo’yishdan ehtiyot bo’ling, 
kamtarlik shioringiz bo’lsin. 
2. O’zgalar bilan 
muomalada 
ularning 
hurmatini joyiga qo’yib, 
so’zlashishning yumshoq maromini tanlang. Masalan, “Kechirasiz..”, “Sizdan 
minnatdor bo’lardim, agar...”, “Sizga malol kelmaydimi?” kabi iboralarni ishlatish 
odatga Sizga nima sababdandir yomon munosabatda bo’layotgan insonni ham 
yumshatadi, undagi salbiy hislarning junbushga kelishiga yo’l qo’ymaydi. 
3. Ish faoliyat bilan bog’liq munozaralarda agar suhbat taranglashib 
borayotgan bo’lsa, ikkala tomonning manfaati to’g’risida emas, asl masalaning
muammoning mohiyati xususida kechishiga e’tibor berib, xolis faktlarga ko’proq 
urg’u bering. Imkon boricha suhbatdoshni tinglashga intiling, zero, tinglash olish 
mahorati sizning yaxshi suhbatdosh ekanligingizning muhim ko’rsatgichidir. Bu 
o’rinda Deyl Karnegi kabi muloqot ustalarining tajribasini eslang. 
4. Har qanday masala xususida uning yechimi yagona bo’lmasligini 
unutmang, chunki barcha holatlarda qiyin vaziyatdan chiqishning bir qator usullari, 
yo’llaribo’lishi tabiiy. Shuning uchun Sizning fikringizga zidroq kelayotgan fikrni 
suhbatdoshdan eshitganingizda, “Balki men xato qilayotgandirman” deb uning 
fikrlash tarzidagi to’g’ri mulohazalarni tahlil qiling, uning fikridagi ijobiy va salbiy 
jihatlarni ajrating, ularning real oqibatlariga baho berib ko’ring. Bunday holatlarda 
hech bo’lmaganda “Men Sizning fikringizga to’liq qo’shilmasamda, bergan 
taklifingizni albatta o’ylab ko’raman, menga biroz imkon bering” desangiz olam 
guliston! 
5. Nizoli vaziyatning hal bo’lishining o’zingiz uchun manfaatli tomonlarini 
anglang va o’zingizga shunday savol bering: “Agar yechim topilmasa, nima 
bo’ladi?”. Bunday munosabat nizoni shaxslararo munosabatlardan muammoning 


74 
yechimiga ko’chirilishiga turtki bo’ladi. 
6. Agar suhbatdosh ikkalangiz ham achchiqlanib turgan bo’lsangiz va ish 
urushib qolishgacha borib yetayotganligini anglasangiz, o’zingizdagi ichki 
tanglikni, “zarda”ni chiqarib 
yuborishga 
harakat qiling. Chunki agar 
achchig’ingizni tashqariga chiqarsangiz, bu u tomonning ham qaynab ketishiga 
sabab bo’lib, vaziyatni nazorat qilib bo’lmay qoladi. Eng yaxshisi, o’zingizni tiyib, 
gapirishdan to’xtang, mayli suhbatdoshingiz ichidagi to’kib solaversin, undagi jaxl 
va salbiy hissiyotlarni betiga aytishdan o’zingizni tiying, kelgusida uning shunday 
vajlhatga tushishi mumkinligini unutmang. 
7. Siz bilan urushib qolgan odamning ham qandaydir fazilatlari, yaxshi 
sifatlari borligini unutmang va diqqatingizni ana shu jihatlarga qarating. Masalan, 
er va xotin urushib qolgan paytda ayol qanchalik baland ovozda o’z dardini to’kib 
solayotganligiga qaramay, uning farzandlarning onasi, mehribon ekanligini, ularga 
shunady qiliqlar qilmasligini er yoddan chiqarmasa bas. 
8. Suhbatdoshingizga sizning o’rningizga turib, masalani hal qilish yo’lini 
o’ylashga chorlang, masalan, unga taxminan shunday murojaat qiling: “Meni 
o’rnimda bo’lganingizda nima qilgan bo’lar edingiz?” Bunday murojaat 
suhbatdoshni hissiyotlardan real vaziyatni xolis baholash maqomiga o’tishiga asos 
bo’ladi va unda tanqidiy ruhni biroz bo’lsa-da, yumshatadi. 
9. Suhbatdosh oldidagi afzalliklaringiz, xizmatlarinigizni minnat qilib, 
xaspo’shlamang. Sodir bo’lgan nizoli vaziyat va voqyeaning sababchisi faqat 
suhbatdoshingiz ekanligi fikridan qayting. 
10. Paydo bo’lgan ziddiyat qanday hal bo’lishidan qat’iy nazar, shu inson 
bilan batamom munosabatlarni uzil-kesil uzib tashlamang. Masalan, agar bu er va 
xotin o’rtasidagi ixtilof bo’lib, u ajrim bilan tugagan taqdirda ham o’rtada farzand 
borligini, baribir hayot so’qmoqlarida bir kun bo’lmasa bir kun uchrashib, 
qandaydir yangi bir muammoni birgalikda hal qilishga to’g’ri kelishini sira 
unutmang. 
Shu kabi vaziyatlar turli faoliyat jabhalarida uchrashi mumkin, yuqoridagi 
qoidalarni unutmaslik insonning o’ziga, salomatligiga, odamlar orasidagi obro’siga 


75 
bevosita aloqador ekanligini, yashash ba’zan ziddiyat va nizolar bilan yanada 
yaxshi bo’lishini hech kim unutmasligi kerak. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling