2
Mavzu: O‘quvchilarning geografik xaritalar bilan ishlash ko‘nikmalarini
baholash
Reja:
1. Geografiya ta’limida geografik xaritalarning o‘rni va ulardan
foydalanish.
2. Geografiya darslarida o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish va baholash.
3. Geografiya ta’limida o‘quvchilarning globus bilan ishlash malakalarini
oshirish va baholash.
1. Geografiya ta’limida geografik xaritalarning o‘rni va ulardan
foydalanish
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalarini eng samarali metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda
baholash muhim ahamiyatga ega.
Baholash tizimi orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar
hosil bo‘lishining oldi olinadi. Jahon yoshlari bilan
tengma-teng raqobatlasha
oladigan, kuchli bilim va tafakkurga ega avlod shakllanadi.
Bizga ma’lumki, geografiya faninini xaritasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xarita
geografiya o‘rganadigan barcha jihozlar va hodisalar haqida hikoya qila oladi, xarita
tez, aniq va lo‘nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham afzallik qilishi mumkin.