“O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” moduli bo‘yicha


Geografiya darslarida o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlash


Download 113.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi113.01 Kb.
#1495408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv

2.Geografiya darslarida o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish va baholash. 
Maktab geografiya kurslarining barchasida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash 
alohida ahamiyatga ega.
Yozuvsiz xaritalar bilan ishlashga o‘qituvchi o‘quvchilarni dastlabki 
geografiya darsidan o‘rgatib borishi zarur. Geografiyadan o‘tkaziladigan bilimlar 
bellashuvi musobaqalarida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida mashg‘ulot turi 
bo‘lib, unda 50 ballik baholanishi, bu mashg‘ulotning geografiya ta’limidagi 
ahamiyatini belgilaydi.
O‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlay olish malakalarini rivojlantirish 
uchun uning qoidalarini to‘g‘ri anglab olishlari muhimdir.
Odatda yozuvsiz xaritalar dars va uyga vazifani bajarish sharoitida ma’lum 
geografik obyektni yozuvsiz xaritaga tushirish geografik atlasga qarab amalga 
oshiriladi.
Bilimlar bellashuvi musobaqalarida esa o‘quvchidan atlasga qarab emas, balki 
yoddan obyektlarni joylashtirish talab etiladi. Shuni hisobga olib geografiya 
o‘qituvchilari darsda va uyga vazifani bajarish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil 
geografik atlasdan foydalanmasdan yozuvsiz xaritalarni to‘ldirish malakalarini 
shakllantirishlari talab etiladi. O‘quvchilar quyida beriladigan yozuvsiz xaritalar 
bilan ishlash qoidalarini puxta o‘zlashtirishlari lozim. 
 QOIDALAR: 
1. Har bir yozuvsiz xaritaning yuqoridagi oʻng chekkasiga o‘quvchi o‘z ism-
sharifi, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yuqorigi chap chekkasiga xaritaning nomini yozib 
qo‘yishi shart. 
2. Xaritadagi barcha yozuvlar mayda, aniq, chiroyli yozilishi kerak. Daryolar 
oqimi bo‘ylab va togʻlarning nomlari, ularning yo‘nalishi bo‘yicha, pasttekisliklar 
nomi esa parallel chiziqlar bo‘ylab yoziladi. 
Agar geografik obyektning nomi xaritaga sigʻmaydigan bo‘lsa, obyekt yoniga 
raqam qo‘yiladi va bu raqamning nimani bildirishi xaritaning pastki qismida yoki 
orqa tomonida yoziladi. 
3. Agar topshiriqda (masalan, Yer yuzasi relyefining asosiy shakllarini 
ko‘rsatish lozim bo‘lsa) xaritani bo‘yash lozim, bunda rangli qalamlar bilan bo‘yab, 
keyin geografik nomlar yoziladi. 


10 
4. Yozuvsiz xaritalar bilan bajariladigan ishlar o‘qituvchi rahbarligida sinfda 
bajarilishi lozim. Sinfda yozuvsiz xarita bilan ishlash 10-15 daqiqadan oshmasligi 
kerak. Aks holda o‘quvchilar charchab qolib xaritani sifatli ishlashiga putur yеtadi. 
5. Odatda yozuvsiz xarita bilan ishlash o‘qituvchining hikoyasi va 
o‘quvchilarni sinf doskasiga chaqirib so‘rash bilan almashtirilib turiladi. 
6. Yozuvsiz xarita yеr sharidagi asosiy relyef formalari ya’ni tog‘, tekislik, 
pasttekisliklarni belgilashda, vulqonlarning joylashishini ko‘rsatishda, orol, yarim 
orol, bo‘g‘oz, qo‘ltiq, dengizlarni belgilashda foydalanish zarur. Materiklarning 
ichkari qismidagi obyektlardan daryolarni, tog‘ tizmalari va aholi punktlarini 
belgilashda foydalanish mumkin. 
7. Yozuvsiz xaritadan foydalanish o‘quvchilarda geografik obyektlarni fazoviy 
joylashuvini to‘g‘ri anglab olishga ko‘maklashadigan muhim ta’limiy vosita 
hisoblanadi. 
8. Yozuvsiz xaritalarda agar materiklar tabiiy geografiyasiga doir tabiiy 
xaritalarni to‘ldirish talab etilganda past tekisliklar baland yashil rangda, tekisliklar 
- past yashil, qir va past tog‘lar sariq, tog‘lar balandlik shkalasiga muvofiq qizg‘ish 
rangdan to‘q jigarrangda bo‘yaladi. 
9. Yozuvsiz xaritalarda materiklarning chekka nuqtalari parallel chiziqlarga 
parallel holda chiroyli bosma yozuvda yozilishi diqqatga sazovordir. 
10. Materik yoki biror tabiiy o‘lkaning tabiiy qazilma boyliklari shartli belgi 
asosida aniq qora yoki baland ko‘k rangda yoziladi. 
11. Okean yoki dengizlar nomi uning shakliga mos ravishda albatta ko‘k 
rangda yoziladi. Okean oqimlari iliq (qizil strelka), sovuq (ko‘k strelka) yordamida 
ko‘rsatilib oqim nomi uning yo‘nalishi bo‘ylab yoziladi.
12. Davlatlar nomi davlat hududining shakliga mos ravishda shimoldan 
janubga yoki g‘arbdan sharqqa qarab yoziladi va albatta mazkur davlatning poytaxti 
va yirik port shaharlari ko‘rsatiladi. Shaharlar nomi va ularning punktlari aholi 
soniga ko‘ra kichik, o‘rta, yirik, poytaxtlari turli kattalikdagi shriftlar bilan yoziladi. 
13. Iqtisodiy mazmundagi xaritalalarni chizishda geografik hodisa va 
jarayonlarning xarakteriga mos ravishda sanoat, kishloq xo‘jaligi, transport va 
boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Aholi punktlarida qanaqa sanoat 
tarmoqlarini ularning rangiga mos ravishda belgilash va ularni xaritaning shartli 
belgilar burchagida ko‘rsatish talab etiladi. Transport (temiryo‘l va avtoyo‘llar) 
ko‘rsatilishi shart. 
14. Bilimlar bellashuvi amaliy topshirig‘ida so‘ralayotgan obyektlarni 
yozuvsiz xaritaga tushirishni esdan chiqarmaslik (Masalan: 5 ta daryo, 4 ta tog‘ 
tizmasi, 6 ta sanoat markazi va hakazolar) 


11 
15. Yozuvsiz xaritalarda eng yuqori baho o‘quvchining geografik obyektlarini 
to‘g‘ri joylashtirishi, to‘g‘ri va nafis bo‘yash mahorati va har bir geografik obyektni 
chiroyli va to‘g‘ri, chiroyli yozuv orqali ifodalangan ishlarga beriladi. 

Download 113.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling