“O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” moduli bo‘yicha
Download 113.01 Kb. Pdf ko'rish
|
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv
Xarita - geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbayidir. Shunday
ekan har bir o‘quvchi xaritani o‘qiy olishi lozim. Agar o‘quvchi xaritaga qarab hali o‘rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog‘larning balandligi va yo- nalishini aniqlay bilsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay olsa, bu o‘quvchi xaritani biladi, deyish mumkin. Xaritadan to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganish uchun geografiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni doimiy ravishda xaritalar bilan ishlashni o‘rgatib borishi lozim. Umumta’lim maktablarida geografiya darslarida o‘quvchilarning xaritalardan foydalanish bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini baholash, ularni geografiya darsliklarida berilgan geografik materiallarni puxta o‘rganib olishlariga va fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. O‘quvchilarning xaritalar bilan bog‘liq bajargan ishlaridagi kamchiliklari sezilishi natijasida mazkur kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi. Aynan bu jarayonda o‘quvchilar keng fikr yuritishga, o‘quv materiallarini asoslashga, mulohaza yuritish va isbotlashni o‘rganadilar. Bu bilan o‘quvchi bilimidagi kamchiliklarni to‘ldirishga, har bir masalaning asl mohiyatini anglashga, materiallarni tushunishga keng imkoniyat yaratiladi. 3 O‘quvchining xaritalardan foydalanishga ishtiyoqi va xaritalarni o‘qiy olish darajasi o‘rganiladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati uyg‘unligi ta’minlanadi. O‘z bilimining boshqalar tomonidan haqqoniy va to‘g‘ri baholanishiga ishonch hosil qilgan o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning kartografik bilimini baholaganda ularning xarita bo‘yicha berilgan savollarga og‘zaki javoblarini, xarita bo‘yicha uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma- amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo‘yish mumkin. O‘quvchilarni baholashda geografik termin va nomlarning to‘g‘ri yozilishini (geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va batartib bajarailganligini ham nazarda tutish lozim. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart. O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi. • Besh- javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko‘rsatadi. O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag‘batlantiriladi. • To‘rt - javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi. • Uch - javob to‘g‘ri, o‘quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi. • Ikki – javob noto‘g‘ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi. • Bir – og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q. O‘quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan tashqari geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik jadval, xaritalardagi zarur ma’lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho pasaytirilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling