“O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari” moduli bo‘yicha


Geografiya fani o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga


Download 113.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi113.01 Kb.
#1495408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv

Geografiya fani o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarga 
xaritani tushunish va o‘qiy olishni o‘rgatishdir. 
Xaritaning bilishning ma’nosi shuni, o‘quvchilar undagi shartli belgilarga 
tushunishlari va shu shartli belgilar orqali ko‘rsatiladigan joy va hodisalarning 
xarakterlarini ko‘z oldiga keltira olishlari xaritaga qaraganlarida ular ongiga 
daryolar, tog‘ tizmlari va muzliklarining manzaralari xosil bo‘lishi kerak. 



Xaritani bilish uchun joyda mo‘ljal olish, gorizont tomonlarini yo‘nalishlarini 
qog‘ozga tasvirlashni, masshtab bilan ishlashni joy planini o‘rganishni va chizishni 
bilish kerak.
Maktab kartalarida relyef asosan turli qalinlikda rang berish bilan amalga 
oshiriladi. Past tekisliklar to‘q yashil, tekisliklar esa och yashil, balandliklar och 
jigarrang, o‘rtacha tog‘lar jigarrang, baland tog‘lar esa to‘q jigarrangda beriladi.
Karta geografik nomlar bilan to‘lib qolmasligi kerak. Unda faqat o‘quvchilarni 
yoshi va bilimi darajasiga mos bo‘lgan yozuvlar bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek
geografiya o‘qituvchisi o‘quvchilarni xaritalar bilan ishlashga o‘rgatar ekan, avvalo 
quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: 
- xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli 
belgilarini tushuntirish, o‘quvchilar e’tiborini xarita masshtabiga jalb 
etishi. 
- O‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini gradus to‘rining holati, meridian va 
paralellarning qanday o‘tkazilganligiga kenglik va uzunlikni belgilagan 
o‘rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralariga jalb qilishi. 
- globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini ko‘rsatib o‘tishi 
kerak. 
Geografiya predmetlarining oxirida alohida karta ilova qilinar edi. Hozirgi 
vaqtda darsliklarni matnida kartalar berilmoqda. Bunday xaritalar tabiiy geografik 
va iqtisodiy geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydi. Ular oq-qora va rangli 
bo‘lishi mumkin. 
Tabiiy geografik xaritalar ko‘pincha rangli holda beriladi. Ayrim iqtisodiy 
geografik xaritalar ham ko‘pincha rangli holda beriladi. Ayrim iqtisodiy geografik 
voqea va hodisalarni ko‘rsatishda oq-qora rangdan foydalaniladi.
Masalan, foydali qazilmalar, taransport, ayrim ekinlar, chorvachilik kartalari 
hamda siyosiy kartalar rangli tasvirda beriladi. Ko‘p hollarda materiklar va okeanlar 
tabiiy geografiyasi (6-sinf), Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (9-sinf) 
kurslarini darsliklari matnlarida kartalar ko‘proq beriladi.

Download 113.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling