Sotsial psixologiya Darslik


Bob yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

 
Bob yuzasidan tayanch iboralar 


85 
Ijtimoiy fasilitasiya, ingibisiya, rasmiy, norasmiy, referent guruh, dinamik jarayon, 
konformizm, tashqi konformlilik, ichki konformlilik
 
Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 
1. 
Ijtimoiy fasilitasiya deganda nima tushuniladi? 
2. 
Kichik guruhlar hajmi jihatidan necha kishini tashkil etadi? 
3. 
Kichik guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlarni tushuntiring? 
4. 
Kichik guruhlarning klassifikasiyasi necha xil bo’ladi? 
5. 
Rasmiy guruhlarga ta’rif bering?
6. 
Norasmiy guruh ta’rif bering? 
7. 
Referent guruh deganda nima tushuniladi? 
8. 
Guruhning dinamik jarayonlari degani nima?
9. 
Konformizm tushunchasiga ta’rif bering? 
10. 
Tashqi konformlilik deganda nima tushuniladi? 
11. 
Ichki konformlilik nima? 
Bibliografiya 
1. 
David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, 
Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 
2. 
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 
2012. – 172 b. 
3. 
Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е 
междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 
4. 
Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – 
Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 


86 
 
7.1. Ijtimoiy psixologiyada 
shaxs muammosi
Ma’lumki, shaxsni ko’plab fanlar turli xil tomondan 
o’rganadi. Bir yo’nalish biologik bo’lsa, boshqasi – 
sotsiologik, yana bir turi individual psixologik va 
nihoyat, yana bir yondashuv ijtimoiy-psixologikdir.
Biologik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti individ nasliy jihatdan orttirgan genetik 
dasturlarning amalda ro’yobga chiqishi tarzida tasavvur etiladi. Sotsiologik 
yondashuv shaxsning madaniy-tarixiy muhit ta’sirida kamol topishini tan oladi. 
Ulardan farqli individual-psixologik yondashuv shaxsning rivojlanishiga uning 
tana tuzilishi yoki konstitusional jihatlari va asab tizimi tipining ta’siri borligini 
ta’kidlab, o’rganadi.
Shaxsni o’rganishning ijtimoiy-psixologik yondashuvi uni ijtimoiylashuning 
bevosita mahsuli sifatida qarab, uning ijtimoiy-psixologik tizimini bevosita o’rab 
turgan ijtimoiy muhit ta’sirida o’rganadi. Bu borada bir qancha olimlarning o’ziga 
xos nuqtai nazarlari ham mavjud. Masalan, K.K.Platonov shaxs tizimida to’rtta 
asosiy jabhani ajaratadi: 
1) Shaxsning yo’nalganligi va munosabatlari tizimi: uning mayllari, xohish-
istaklari, qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodi kabilarni o’z ichiga 
oladi. Bu tizimdagi xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ular insonning 
jamiyatda yashashi, undan oladigan tarbiya shakllari, mafkuraviy muhit asosida 
shakllanadi. 
2) Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi: bu jabhadagi sifatlar inson hayoti 
mobaynida orttiradigan bilimlari, malaka va ko’nikmalari asosida namoyon 
bo’ladi. Bu sifatlar ijtimoiy xarakterli bo’lib, ko’proq ta’lim jarayonida 
shakllanadi.
3) Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari: xotira, idrok, 
sezgilar, tafakkur, qobiliyatlar kabi bir qarashda tug’ma omillarga bog’liq 
xususiyatlar inson umri davomida takomillashishi va uning boshqa ijtimoiy 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling