Sotsial psixologiya Darslik
- siyosiy-huquqiy omillar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning mikro muhiti
-
siyosiy-huquqiy omillar – mamlakatdagi siyosiy tuzilma, rasmiy mafkuraning bor yoki yo’qligi, qonunchilik tizimining mukammalligi, inson huquqlarining himoya qilinishi darajasi va boshqalar ham shaxsga ta’sir etadi. Masalan, O’zbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan qator Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ularning saylovlardagi ishtirokini, davlat organlariiva qaror chiqaruvchi organlar faoliyatidagi ishtiroklari uchun ravon yo’llarni ochib berdi. Shu bois bugun mamlkat Parlamentining quyi Palatasida ham, yuqori palatasi – Senatda ham xotin-qizlarning ulushi sezilarli darajada oshdi; - ijtimoiy-madaniy omillar – xalq ma’naviyati, madaniyati, an’analari, udumlarining saqlanganligi, dinga munosabatning ijobiy tomonga o’zgarganligi, buyuk shaharlar yubileylarining, turli xalqaro va respublika miqyosidagi san’at anjumanlarining muntazam o’tkazilib kelinayotganligi, shahar va qishloqlar qiyofasining keskin o’zgarib, obodoshlashgani, yoshlar Forumlari, sport musobahalari, Universiada, Brkamol avlod sport musobahalari kabilar milliy psixologiyada ham shaxs psixologiyasida ham faqat ijobiy fazilatlarning namoyon bo’lishiga real zamin yaratdi. Shaxsning mikro muhiti – bu umumiy ijtimoiy muhitning bir bo’lagi bo’lib, u bu muhitni tashkil etuvchilar bilan kundalik ijtimoiy faoliyatida bevosita muloqotda bo’lish imkoniyatiga egadir. Ushbu muhitdagi ijtimoiy munosabatlar shaxslararo o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tarzida kechadi. Bu munosabatlarda bevosita makro muhit ta’sirlari bo’lishi, unda har bir shaxsning yosh, jins, guruhiy xususiyatlari, qaysi oilada tarbiyalanganligi kabi jihatlar o’z in’ikosini topadi. Ya’ni, mikro muhit har bir alohida holatlarda shaxsni o’rab turgan ijtimoiy guruh bo’lib, uning har bir vaziyatdagi o’rni, yo’nalganligi , maqsad-muddaolari bo’lishi tabiiydir. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling