Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

7.2. Shaxsning ijtimoiy-
psixologik tipologiyasi 
Shaxsni ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan 
tiplarga bo’lish ko’p holatlarda uning odamlar
bilan o’rnatadigan munosabatlari xarakteriga qarab amalga oshiriladi. Amerikalik 
psixolog A.Maslou bir inson boshqasiga xuddi o’ziga munosabatda bo’lganday 


90 
qarasa, u ikkinchi boshqalarga kibr bilan, xuddi buyum yoki hodisaga qaraganday 
munosabat bildirishi mumkin, deb odamlar o’rtasidagi farqning muqarrarligini 
isbotlagan edi. E.Shostrom A.Masluo fikrini rivojlantirib, birinchisini aktualizator, 
ikkinchisini manipulyator, ya’ni, o’z manfaatiga bo’ysundiruvchi, boshqaruvchi 
deb ta’riflaydi. Shu kabi turli insoniy munosabatlarni tahlil etgan olimlar shaxsning 
tipologiyasiga o’zgacha qaraydigan. 
E.Shpranger taklif etgan tipologiyada shaxs turli hayotiy qadriyatlar doirasida 
ta’riflanadi: iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy. 
Amerikalik Xorni esa shaxsni boshqalar bilan muloqot obyekti sifatida qarab, 
uning uch toifasini farqlaydi: 
“Yopishqoq, kirishimli shaxs” – unda o’zgalar bilan muloqotga kirishish 
ehtiyoji o’ta kuchli, kimni ko’rsa u bilan do’stlashib ketgisi, o’zini yoqtirtirgisi, 
suyukli bo’lishni xohlaydi va unga doimoy e’tiborli bo’lishlari, g’amxo’rlik 
ko’rsatishlarini istaydi, uning shiori: “U meni sevishi va menga g’amxo’rlik 
ko’rsatishi kerak”. 
“Agressiv tip” – o’zgalar bilan muloqotdan hamisha manfaatdor bo’lish 
kerak, boshqalardan doimo ustun bo’lishlari kerak, aks holda janjallashishdan ham 
toymaydi, uning shiori: “Menga bu odamdan foyda, naf chiqarmikin?”. 
“Begonalashgan tip” – uchun o’zglaardan uzoqroq yurish ma’qul, chunki 
shaxslararo muloqot, ularning fikricha hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi, 
guruhlarda ishlashdan ko’ra yolg’iz ishlashni, o’qishni afzal ko’radi. “Meni tinch 
qo’yisharmikin?” uning doimiy shiori. 
Norakidze inson xulqi va unga undovchi ichki motivlarga ko’ra shaxsning 
quyidagi turlarini farqlaydi: 
Barkamol shaxs – unda ichki tuyg’ular, motivlar, istaklar bilan tashqi xatti-
harakatda ziddiyat bo’lmaydi, dilidagi bilan tilidagi mos, aytganini qiladigan, 
lavzli, vijlonli, imon-e’tiqodli inson. Butun aqliy salohiyati va vijdoni bilan 
o’zgalarning manfaatini o’ylaydigan va shu bilan birgalikda hamisha o’z ustida 
ishlaydigan inson barkamollik yo’lida bo’ladi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling