Sotsial psixologiya Darslik
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Impulsiv shaxs
- 7.3. Shaxs tomonidan ijtimoiy ta’sirlarning anglanishi
Ziddiyatli, nizoli shaxs – xulqi bilan motivlari o’rtasida doimo qarama-
91 qarshilik kuzatiladi, u odamlardan ko’proq kamchilik qidirib, o’zidagi nuqsonlarni tan olmaydi. Impulsiv shaxs – hamisha hissyotlarga beriladi, o’ylamay gapirish, birovlarni dilini og’ritib qo’yish keyin afsuslanish unga xosdir. Ko’pchilik orasida ularni fikridan ko’ra o’zini ma’qullatishni istaydi, lekin hamisha ham o’z hukmini o’tkazolmay, odamlardan xafa bo’lib yuradi. Bu kabi shaxslar oramizda ko’p, lekin har bir shaxsning kimligi, qanday inson ekanligi albatta vaziyatga, tarbiyalangan ijtimoiy muhitiga, bajarayotgan amallarining, xizmat burchlarining qanday vijdonan ado etilayotganligiga bog’liq. Muhimi – har bir shaxs jamiyatda o’zining munosib o’rnini topish, o’zgalar manfaatini o’z manfaatlari doirasida tasavvur eta olishi kerak. 7.3. Shaxs tomonidan ijtimoiy ta’sirlarning anglanishi Shunday qilib, shaxs ijtimoiy-psixologik mavjudot sifatida hamisha ijtimoiy muhit ta’siridabo’ladi va ularni anglaydi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloqi, ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvoriga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va uning barkamolligi mezonlaridan hisoblanadi. “Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya – shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling