Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi: 
1) bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funksiyalarning 
shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo’lishi bilan 
parallel ravishda kechadi; 
2) ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o’quv 
yurtlari va undan yuqori pog’onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar
mehnat jamoalari shular jumlasidandir; 
3) muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu 
o’rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan 
muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi. 
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o’rab trugan ijtimoiy 


97 
borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o’z aksini topgan bo’ladi. 
Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko’p turli rollarni bajaradiki
ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz qoldiradi. Shuning 
uchun ushbu jarayonda har bir odam o’zining jamiyatda o’rnini topishga intiladi va 
samarasiga ko’ra u yoki bu mavqyega erishadi. Aslini olganda ijtimoiylashuvning 
har bir bosqichida shaxs o’zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli tuzatishlar 
kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bo’lib, odam ko’rgan-kechirganlaridan 
yaxshi va to’g’ri xulosalar chiqarib, to’g’ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning 
odamlar orasida obro’si yuqori, aks holda shaxs degradasiyasi, xulqdagi 
deprivasiyalar haqida xulosa chiqariladi. 
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning o’z “Men”ini 
to’la ifoda eta olishi, o’z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini o’z kamoli va 
odamlar manfaatiga bo’ysundira olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa 
aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka ko’nikish, ahloqan past ketishliklar), 
sadizm (o’zgalar ustidan cheksiz hukmron bo’lishga intilish, odamlarni qo’rqitish, 
ular ustidan zo’ravonlikni namoyon etish), destruksiya (o’z nochorligidan qutulish 
uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik), konformizm 
(o’z “Men”idan voz kechib bo’lsa ham o’zgalar hukmiga itoat etishga o’rganib 
qolish) kabi holatlarni keltirib chiqaradi. 
Demokratik o’zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy 
holatlarga olib kelishini biz mustaqil O’zbekistonning demokratik islohotlari va 
ularning yurtimizda yashayotgan, tug’ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham 
ko’rib turibmiz. Mustaqillik yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat 
dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari, balki o’zlariga, o’zgalarga, 
O’zbekistoonni o’zining yagona Vatani deb tan olgan minglab qardosh millat 
vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga o’zgardi, barcha bunyodkorlik
Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo’lida bir tan, bir jon bo’lib, 
harakat qilishga o’rgandi. Shuning uchun ham o’sib kelayotgan yosh avlod katta 
avloddan ko’ra aqlli, dono, ilmga chanqoq, demokratik o’zgarishlarga 
ko’nikkanroq bo’lib voyaga yetmoqda. Chunki ularning ijtimoiylashuvi uchun 


98 
yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbuslari 
bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga oshirilayotgan 
“Sog’lom ona – sog’lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining keng 
ko’lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi o’zining juda 
katta ijtimoiy samarasini bermoqda. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling